Долзарб мавзулар Foto

Ramazon oyi fazilatlari

Бўлимлар: Hidoyat sari
Теглар: Muborak Ramazon
Добавлено: 18.05.2018, 07:23

Ramazon oyi odamlar uchun hidoyat (manbai) va to`g`ri yo`l hamda haq bilan botilni ajratuvchi ochiq oyatlardan iborat Qur`on nozil qilingan oydir.

Ramazon oyi har doim oylarning sultoni, sayyidi, eng yaxshisi bo`lib kelgan va hamisha shunday bo`lib qolaveradi.

Ramazon oyi ro`za, tarovih va tilovat oyi bo`lib, uning ro`zasini tutish farz, tarovih namozini o`qish sunnat, Qur`oni karimni xatm qilish esa fazilatdir.

Ramazon shunday qadrli va g`animat oydirki, unda tutilgan ro`zaning savobini bevosita Alloh taoloning O`zi beradi.

Ramazon oyida jannat darvozalari ochiladi, jahannam qopqalari yopiladi, itoatsiz jin-shaytonlar zanjirlar bilan bog`lanadi.

Ramazon oyi gunohlar mag`firat qilinadigan, rahm-shafqat ko`rsatiladigan va do`zaxdan ozod qilinadigan oydir.

Ramazon oyi Alloh va Rasulining buyruqlarini bajarishda, qaytariqlaridan qaytishda va sinov-imtihonga uchraganda sabr-toqatli va chidamli bo`lishni o`rganadigan oydir.

Ramazon oyi o`zaro birdamlik, mehribonlik ko`rsatiladigan, insonlar bir-birlari haqida qayg`urib, xato-kamchiliklarini kechiradigan oydir.

Ramazon oyi xayrli ishlarda hamkorlik qilinadigan, musulmonlar bir-birini qo`llaydigan oydir.

Ramazon tenglik oyi bo`lib, bu oyda qariyalar ziyorat qilinadi, bemorlardan xabar olinadi, muhtojlarga yordam beriladi, musibatzada insonlardan ko`ngil so`raladi va etimlar ovutilib, yupatiladi.

Ramazon yutuqlar oyi bo`lib, ulkan savoblar qo`lga kiritiladi hamda nafs va shaytonlar mag`lub etiladi.

Ramazon oyida musulmonlarning Alloh huzuridagi martabalari yuqori ko`tariladi, xayrli ishlarining mukofotlari ko`paytiriladi va kichik gunoh ishlari kechiriladi.

Ramazon oyining oxirgi o`n kunligining toq kechalaridan birida Qadr kechasi yashirilgan bo`lib, u Qadr kechasi bo`lmagan qamariy ming oydan yaxshiroqdir. Kim o`sha kechaning yaxshiligidan mahrum bo`lsa, demak u ko`p mahrum bo`libdi.

Barchamizga Ramazon oyi muborak bo`lsin. Ro`zasini tutishda, tarovih namozlarini o`qishda, Qur`oni karimni xatm qilishda va boshqa xayrli ishlarni ado etishda Alloh taolo muvaffaqiyatlar ato etsin. Bu ishlarni ixlos ila bajarib taqvo hosil qilgan kishilarga xushxabar yor bo`lsin.

muslim.uzdan olindi

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA