Долзарб мавзулар Foto

Kimlarga ro`za tutmaslikka ruxsat beriladi?

Бўлимлар: Hidoyat sari
Теглар: Muborak Ramazon
Добавлено: 18.05.2018, 12:13

Islom – engillik dini. Mo`min-musulmonlar zimmasiga ularning toqatidan ortiq narsa yuklanmaydi. Salomatligi yoki boshqa sabablar bilan Ramazon ro`zasini tuta olmaydigan kishilar ham oramizda bor. Xo`sh, ular kimlar?

Muqaddas dinimizda quyidagi shaxslarga ro`za tutmaslikka ruxsat berilgan:

  • bemorlar. Ro`za tutgan kishi kasalligining kuchayishidan yokituzalishi cho`zilib ketishidan yoxud biror a`zosiga zarar etishidan qo`rqsa, u ro`za tutmasligi mumkin. Bemor tuzalganidan so`ng Ramazon oyida tutmagan ro`zaning qazosini tutib beradi;
  • safardagi kishi. Safardan murod namoz qasr o`qiladigan uzoqlikdagi masofa ko`zda tutiladi. Agar musofirga ro`za tutish mashaqqat bo`lmasa, uning ro`za tutgani yaxshi. Tong otgandan so`ng safarga chiqilsa, o`sha kungi ro`zani buzmagan ma`qul. Musofir safarda tutolmagan ro`zasini keyin tutib beradi;
  • homilador va emizikli ayol. Faqihlar homilador yoki emizikli ayol ro`za tufayli o`ziga yoxud farzandiga zarar etishidan qo`rqsa, ro`za tutmasligi mumkinligiga ittifoq qilishgan;
  • keksa kishilar. Bular safiga keksayib quvvatdan qolgan kishilar, tuzalishiga umid qolmagan bemorlar, kampirlar kiradi. Bunday kishilar keyinchalik ham ro`za tuta olmaganlari sababli qazo qilmaydilar, balki ro`za tutmagan har bir kun uchun fidya berishadi. Eslatib o`tamiz, bu yilgi fidya miqdori doimiy uzr bilan ro`za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo`lib, o`rtacha 12 000 (o`n ikki ming) so`m, deb belgilandi.
  • o`ta qattiq ochiqqan va chanqagan kishi. Agar ro`zador ro`zasini ochmasa, halok bo`lishiga yoki hushidan ketishiga yoxud ba`zi sezgi a`zolari ishlamay qolishiga aniq ishonsa, ro`zasini ochishi mumkin. So`ng ana shu tutmagan kunlari ro`zasining qazosini o`tashi lozim;
  • hayz va nifos ko`rgan ayollar. Hayz va nifosdagi ayollar ro`za tutishlari mumkin emas. Ular poklanganlaridan so`ng ro`zaning qazosini tutib berishadi.

Tolibjon Nizomov, O`zA

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA