Му5
50

Qadr kechasi: fazilatlari va alomatlari

Hidoyat sari 07.06.2018, 15:49
Теглар: Muborak Ramazon
6771
Qadr kechasi: fazilatlari va alomatlari

Ramazon xususida biz bandalarga uchta mag`firat va`da qilindi. Dastlabkisida “kim Ramazon ro`zasini imon va ajr umidida tutsa, uning o`tgan gunohlari mag`firat qilinadi”, deyilgan. Keyingisida “Kim Ramazon oyida imon va ajr umidida qoim (tunda bedor) bo`lsa, uning o`tgan gunohlari mag`firat qilinadi”, deyilgan va oxirgisida “kim qadr kechasida qoim bo`lsa, uning o`tgan gunohlari mag`firat qilinadi”, deb aytilgan. Agar uchinchi jumlaga e`tibor qaratadigan bo`lsak, faqat bir kechani ibodatda o`tkazishlik uchun shunchalik ko`p savob va`da qilinyapti. Qur`oni karimda esa uni ming oydan afzalligi aytilgan. (Qadr surasi). Bu qadar fazilatga ega kechani qaysi ekanligini bilish hammamiz uchun ham ahamiyatldir.

Imom Bag`aviyning ta`kidlashlaricha, Alloh taolo juma kungi ijobat onlarini, go`zal ismlari orasidagi “ismi a`zam”ni va boshqalarni yashirgani kabi ibodatda zo`r g`ayrat qilmoqliklari uchun qadr kechani ham o`z bandalaridan maxfiy tutgan. Imom Buxoriy va Muslimlar rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.): “Qadr kechasini Ramazonning oxirgi o`n kunligidan izlanglar”, deganlar. Bu ma`noda va xossatan oxirgi o`n kunlikning toq kechalarida ekanligini tasdiqlovchi rivoyatlarni ko`plab topish mumkin.

Shunday bo`lsada, uni Ramazonning 27-kechasiga to`g`ri kelishlik ehtimoli kattaroq ekanligiga ishora qiluvchi rivoyatlar ham talaygina. Jumladan, ibn Umar (r) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.): “Kimda-kim uni izlamoqchi bo`lsa, 27-kechada izlasin”. (Imom Ahmad rivoyati). Ibn Abbos (r) dan rivoyat qilinadi: bir kishi payg`ambar (s.a.v.) oldilariga kelib dedi: “Ey Allohning payg`ambari, men keksa, kasalmand cholman. Menga (har kechada) qoim bo`lishlik og`irlik qiladi. Shuning uchun meni Alloh taolo qadr kechasiga muvaffaq qilishi mumkin bo`lgan bir kechada qoim bo`lishga buyur. Ul zot: sen ettinchi kechani mahkam tutgin, dedilar”. (Imom Ahmad rivoyati).

Quyidagi hadislarda esa uning alomatlari ham zikr qilinib o`tilgan. Zirr ibn Hubayshdan rivoyat qilinadi: “Ubay ibn Ka`bga bunday deyildi: Abdulloh ibn Mas`ud: kim yilning hammasida qoim bo`lsa, qadr kechasini topadi, deganlar. Shunda Ubay dedi: Unda o`zga iloh yo`q bo`lgan Allohga qasamki, u albatta, Ramazonda (istisnosiz qasam ichdi). Allohga qasamki men uni qaysi kecha ekanligini bilaman. U 27-kechadir va alomati uning tongida (kechadan keyingi tongda) quyoshni shulasiz chiqishidir”. (Ahmad, Muslim va Abu Davudlar rivoyati).

Buxoriy Abu Saiddan rivoyat qiladi: “Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan Ramazonning ikkinchi o`n kunligida e`tikof qildik. Ular bizning huzurimizga yigirmanchi kunning tongida chiqib murojaat qildilar: “Men qadr kechasini ko`rdim va so`ng unutib qo`ydim. Uni oxirgi o`n kunlikda, toq kechalarda izlanglar. Men o`zimni suv va loyda sajda qilayotganimni ko`rdim. Kim Rasululloh (s.a.v.) bilan e`tikof qilgan bo`lsa, qaytsin”. So`ng bizlar qaytdik va osmonda biror dog`ni ko`rmadik. Shunda birdan bir bulut keldi va yomg`ir yog`ib masjid tomidan (xurmo shoxidan qilingan edi) oqa boshladi. Namozga iqomat aytildi va men Rasululloh (s.a.v.) ni suv va loy ustida sajda qilayotganlarini ko`rdim. Hattoki ul zotning peshonalarida loyning izini ko`rdim”.

Ming oylik ibodatdan afzal bo`lgan qadr kechasining fazilatini topishlikni Alloh taolo barchalarimizga muvaffaq qilsin!

Sayyid Jamol

Шарҳлар

Qadr kechasi uchun 27 tavsiya

11.06.2018, 14:50

Kechasi tetik turish uchun peshindan keyin biroz dam oling.Ibodatga xalal bermaslik uchun iftorda ko`p ovqat emang.Bu kechani ibodat bilan o`tkazayotganda tavba qilishga azm qilish.Barcha mo`minlar...
Qadr kechasi: eng buyuk tun

11.06.2018, 14:39

Bolaligimda, bir sehrli kechada laylak uchib kelishi, u uchib o`tayotganda inson nimani ushlasa, o`sha narsa oltinga aylanib qolishi haqidagi rivoyatni eshitganimdagi hayrat va hayajonni hozir...
Ramazon oyida bo`lgan tarixiy hodisalar

21.05.2018, 11:27

Ramazon oyida juda katta tarixiy voqealar sodir bo`lgan. Shu o`rinda muslim.uz nashri ulardan ayrimlarini sanab o`tdi:Milodiy 610 yili, hazrati Muhammadga (sollallohu alayhi va sallam) qirq...
Ro`zaning jism va ruhiyatga ta`siri

19.05.2018, 14:48

Ro`za tutish odam jismiga ham nihoyatda ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bundan 1400 yil burun musulmonlarga ro`za farz qilinganda odamlar uning shifo xususiyatlari haqida ilmiy ma`lumotlarga ega...