41

Pokistonda Samarqand qog`ozida bitilgan qur`on qo`lyozmalari namoyish qilinmoqda

Moziydan sado 11.06.2018, 12:49
5641
Pokistonda Samarqand qog`ozida bitilgan qur`on qo`lyozmalari namoyish qilinmoqda

Pokistonda Jammu va Kashmir madaniyati akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “SheerinQalam” islom san`ati ko`rgazmasida turli xattotlik usullarida va har xil qog`oz va terilarga bitilgan Qur`on oyatlari havola etilmoqda.

So`nggi bir necha asr davomida nashr qilingan 100 ta qadimiy qo`lyozmaning ayrimlari pergament qog`ozida tayyorlangan bo`lsa, yana ayrimlari bug`u terisiga bitilgan.

Bir necha qadimiy qo`yozmalar “silliq Samarqand ipak qog`ozida” yozilgan, deya xabar beradi "Zarafshon" nashri.

Akademiya rahbari Muhammad Ashraf Kakning aytishicha, tadbirdan maqsad yo`qolib borayotgan xattotlik san`atiga ommaning e`tiborini qaratishdan iborat.

Ko`rgazmada qiziqarli nusxalarni ham uchratish mumkin. Masalan, ularning biri induist va musulmonlar bilan hamkorlikda yozilgan. Yana biri shafron qo`shilgan oltin suvida bitilgan.

Комментарии