42

Qadr kechasi: eng buyuk tun

Hidoyat sari 11.06.2018, 14:39
Теги: Muborak Ramazon
7379
Qadr kechasi: eng buyuk tun

Bolaligimda, bir sehrli kechada laylak uchib kelishi, u uchib o`tayotganda inson nimani ushlasa, o`sha narsa oltinga aylanib qolishi haqidagi rivoyatni eshitganimdagi hayrat va hayajonni hozir ham tasvirlab bera olmayman. Hatto, bir ayol laylakning uchib o`tishidan cho`chib ketib, beshikdagi bolasini ushlab, beshik ustiga yopirilgan. Shunda uning bolasi tillaga aylanib qolgan.

Endi bilsam, g`amxo`r onalarimiz balki o`shanda bizga tushunarli bo`lishi uchun, bizning tilimizga tushib “Laylatul qadr” so`zidan laylak haqidagi cho`pchakni, u kecha “ming oydan yaxshi” bo`lganidan ushlagan narsasi oltinga aylanishi haqidagi rivoyatni to`qib, shu bilan bizning bu – Buyuk Qadr kechasiga munosabatimizni shakllantirgan, muhabbatu hayratimizni oshirgan ekanlar.

Mana yillar o`tib, ulg`aygan bo`lsakda, qadr kechasi kirib kelayotganda o`sha laylak haqidagi buvilarimizning rivoyatlari ongimizda bir chaqnab o`tadi. Ehtimol, bu noto`g`ri yondashuvdir. Biroq bolaning qalbiga bu kechaning qadrini muhrlashning bundan zo`r yo`lini topolmaysiz. Bugun qadr kechasining mohiyatini to`liq anglagan bo`lsakda, bu kechaning qadri bizning ongimizda buvilarimizning o`sha rivoyatlari bilan jonlalanadi, jozibalanadi. Qalbimiz o`sha bolaligimizdagidek beg`ubor, niyatlarimiz pok bo`lib kechaga kiramiz. Ehtimol o`zga millat (mamlakat) musulmonlari ongida qadr kechasi bunday go`zal gavdalanmas?!

Endi Qadr kechasi mohiyatini yana bir bor eslaylik! Avvolo bu kecha oylarning sultoni – Ramazon ichida keladi. Bu kechada Qur`oni Karim to`lig`icha nozil bo`lgan. Quroni karimda uning ming oydan yaxshi kecha ekanligi haqida yozilgan. Ramazon oyi payg`ambarimiz s.a.v.ga ilk vahiy kelib, “Alaq” surasining dastlabki 5 oyati nozil bo`lgani, bashariyatga islom dini yuborilgani bilan muqaddas sanalsa, eng muqaddas oydagi bu kecha inson taqdiriga bog`liqligi bilan – eng buyuk kecha.

Kechaning Qur`oni Karimda keltirilgan arabcha nomi “Laylatul Qadr” bo`lib “Layl” so`zi “tun, kecha” ma`nolarini anglatadi. “Qadr” esa “Qadr-qimmat, boho, taqdir, o`lchov” ma`nolarini bildiradi. Musulmonchilikda inson taqdiri azaldan, Yaratgan tomnidan belgilab qo`yilganiga imon keltiriladi. Bu kechada Egamiz olamning keyingi yilgi shu kechagacha bo`lgan taqdirini – hayotning achchiq-chuchugini, pastu balandini belgilaydi. Bu – taqdir kechasi.

Qadr kechasi qachon bo`lishi aniq aytilmagan. Payg`ambarimiz (s.a.v.) “Qadr kechasini ramazon oyining oxirgi o`n kunligidan izlang”deganlar. Ulamolar manbalarni tahlil qilib, bu kecha ramazonning 26-dan 27-ga o`tar kechasi yuz berishiga ittifoq qilganlar. Payg`ambarimiz (s.a.v.)dan bu kecha aynan qaysi kunda yuz berishini so`rashganida, u zot “Albatta aytardimu, aytsam odamlar boshqa kechalarda namoz o`qimay qo`yadilarda” deb javob berganlar.

Yana, Payg`ambar (s.a.v.)dan qadr kechasida nima bilan mashg`ul bo`lish lozimligi to`g`risida so`rashganda, ul zot “Parvardigorim! Sen kechirimli, saxiy zotsan! Kechirishni sevasan! Biz (bandalaring)ni (O`zing) kechir!” deyish kerakligini aytganlar. Payg`ambarimiz (s.a.v.)ning o`zlari ramazon oyida va boshqa vaqtlarda mashhur “Robbana, atina...”, yani, “Robbim! Bu dunyoda yaxshilik nasib qil! Oxiratda yaxshilik nasib qil! Do`zax azobi(ng)dan asra!” duosini eng ko`p o`qiganlar.

Bu kechada namoz o`qish, jo`shqin ibodat va duo bilan mashg`ul bo`lish tavsiya qilinadi.

Hadisi sharifda “Kim qadr kechasini chin ixlos bilan o`tkazsa, hayoti davomida qilgan barcha gunohlari kechiriladi” deyilgan.

Qadr kechasi – buyuk kecha! Chin dildan bu kechani topaman desak, albatta, uning xususiyatlari bizga ayon bo`ladi. Xususan, Qadr kechasi boshlanadigan kunning tongida quyosh nuri kuchli bo`lmaydi, ammo kechaning o`zi munavvar bo`ladi. Kechasi havo mo``tadil bo`ladi, mayin shabada esadi. Inson qalbi yumshaydi, taskin topadi. Chin dildan toat-ibodat qilganimizda kechaning fazilati va barokoti inganini his qilamiz. Bu kechada osmondan Jabroil (a.s.) boshchiligida son-sanoqsiz farishtalar er yuziga tushganini, zamin go`yo ularga torlik qilayotganini, tongga qadar farishtalar bizga salom aytayotganini his qilamiz. Mana shu – qadr kechasi! Bizga momolarimiz “Laylak” rivoyati bilan tushuntirgan, Yaratganning bebaho ne`matlariga noil bo`linadigan sehrli kecha!

Qadr kechasida duo qilaylik: Parvardigoro! Sen kechirimli, saxiy Zotsan! Kechirishni sevasan! Bizni, o`tganlarimizni O`zing avf et! Dunyo va oxiratda yaxshilik nasib qil! Do`zax azobi(ng)dan asra! Roziligingdan, jannatingdan, didoringdan umidvormiz! O`zing qulim de!

Muhammadamin NASRIEV

muslim.uzdan olindi

Комментарии

Qadr kechasi uchun 27 tavsiya

11.06.2018, 14:50

Kechasi tetik turish uchun peshindan keyin biroz dam oling.Ibodatga xalal bermaslik uchun iftorda ko`p ovqat emang.Bu kechani ibodat bilan o`tkazayotganda tavba qilishga azm qilish.Barcha mo`minlar...
Qadr kechasi: fazilatlari va alomatlari

07.06.2018, 15:49

Ramazon xususida biz bandalarga uchta mag`firat va`da qilindi. Dastlabkisida “kim Ramazon ro`zasini imon va ajr umidida tutsa, uning o`tgan gunohlari mag`firat qilinadi”, deyilgan. Keyingisida “Kim...
Ramazon oyida bo`lgan tarixiy hodisalar

21.05.2018, 11:27

Ramazon oyida juda katta tarixiy voqealar sodir bo`lgan. Shu o`rinda muslim.uz nashri ulardan ayrimlarini sanab o`tdi:Milodiy 610 yili, hazrati Muhammadga (sollallohu alayhi va sallam) qirq...
Ro`zaning jism va ruhiyatga ta`siri

19.05.2018, 14:48

Ro`za tutish odam jismiga ham nihoyatda ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bundan 1400 yil burun musulmonlarga ro`za farz qilinganda odamlar uning shifo xususiyatlari haqida ilmiy ma`lumotlarga ega...