Ташкент +30° Sat 11:08
Долзарб мавзулар Foto

Qadr kechasi uchun 27 tavsiya

Бўлимлар: Hidoyat sari
Теглар: Muborak Ramazon
Добавлено: 11.06.2018, 14:50
  • Kechasi tetik turish uchun peshindan keyin biroz dam oling.
  • Ibodatga xalal bermaslik uchun iftorda ko`p ovqat emang.
  • Bu kechani ibodat bilan o`tkazayotganda tavba qilishga azm qilish.
  • Barcha mo`minlar va mo`minalar uchun istig`for va duoni ko`paytiring.
  • Butun a`zolaringiz bilan Allohga yuzlaning, hattoki, aqlingiz va qalbingiz U Zotdan boshqasidan uzilsin.
  • Janjal va tortishuvlardan uzoqda bo`ling, sizning haqqingizni poymol qilganlarni kechiring.
  • Fikringizni bir joyga qo`yib, ibodat qiling, Qadr kechasida xayol boshqa narsalarda bo`lib, yuz rakatni tugatib qo`yishni foydasi yo`q.
  • Duo va ibodatda ixlosli bo`lish qalbingiz Allohdan boshqasi bilan mashg`ul bo`lib rakatlarni ko`paytirishdan muhimroq.
  • Qadr kechasida imkon boricha tahoratli bo`lishga harakat qiling.
  • Duoingiz ijobat bo`lishiga aniq ishoning. Chunki ijobat bo`lishiga ishonmaslik duoning orasiga to`siq paydo qiladi.
  • Alloh duolaringizni qabul qilib, ijobat qilishiga ishonchingiz komil bo`lsin.
  • Duoda bor vujudingiz bilan yolvorib so`rang, chunki Alloh azza va jalla yolvorib duo qilgan bandasini yaxshi ko`radi.
  • Har bir gunohingiz uchun Alloh taologa istig`for ayting, U Zot sizni afv qilishini so`rang.
  • Payg`ambar sollallohu alayhi vasallamga, U zotning oilalariga ko`p salovot va salomlar ayting, sahobalarga Allohdan rozilik so`rang (ya`ni “Roziyallohu anhu” deb aytish).
  • Payg`ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytib ortidan: “Allohumma innaka a`fuvvun, tuhibbul a`fva fa`fu annaa” (ya`ni: “Ey Alloh, albatta Sen gunohlarni afv qiluvchi zotsan, afv qilishni yaxshi ko`rasan, bizlarni afv et”), duosini ko`p ayting.
  • Alloh taolo barcha musulmonlarni do`zaxdan ozod qilishini ko`p so`rang.
  • Halol rizqni oson qilib berishini va holatlarni yaxshi tomonga o`zgartirishini so`rab duo qilish.
  • O`tgan ota-onalaringizning haqiga duo qilib, Allohdan gunohlarini kechirishini so`rang.
  • Duo qilganda ushbu duolarni ham aytish: “Robbanaa hab lanaa min azvajinaa va zurriyaatinaa qurrota a`yun”, (ya`ni, Ey Robbimiz, bizlarga jufti halollarimizdan, farzandalarimizdan ko`z quvochnchlari ber).
  • Er yoki xotin bir-birining haqiga go`zal holat, nafs va fikrning rohatini tilab duo qilishi kerak.
  • Sajda qilgan holatingizda ko`p duo qiling. Chunki bandaning Robbisiga eng yaqin bo`lgan holati sajda qilgan holatidir.
  • Sajdada uzoq vaqt duo qilib turing. Chunki, Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam bu haqda shunday deganlar: “Bellaringiz gunohlaringizdan og`irlashib ketgan. Ularni sajdada uzoq turish bilan engillatinglar”.
  • Bir soniyani ham zoe ketkazmang, vaqtni g`animat biling. Chunki, ilohiy rahmat va shabbodalar bu tunda ochik bo`ladi.
  • Qodir bo`lganingizcha Qur`on o`qing.
  • Qadr kechasini ibodat bilan o`tkazish tong otgunicha davom etadi, o`sha vaqtda farishtalar osmondan tushib, chiqib turishadi.
  • Alloh taolo sizni bu kechani ibodat bilan o`tkazishga muvaffaq qilganiga shukrlar ayting, sizdan boshqa qancha-qancha kishilar bu baxtdan bebahra qoldi.
  • Qadr kechasida imkon qadar sadaqa berishni unutmang. Chunki bu kechada qilingan har bir amalning ajri ulug`.

“Ko`kaldosh” o`rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi

Muhammadyahyo NIZOMIDDIN

muslim.uzdan olindi

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

21.06.2018, 07:42
20.06.2018, 09:48