41

Hayit kuni nafl ro`za tutsa bo`ladimi?

Hidoyat sari 13.06.2018, 11:56
6507
Hayit kuni nafl ro`za tutsa bo`ladimi?

Savol: Qaysi kunlari nafl ro`za tutish makruh bo`ladi?

Javob: Ashuro kunida (Muharram oyi­ning o`ninchi kuni) to`qqizinchi yo o`n birinchi kunini qo`shmay ikkala hayit kuni va tashriq kunlari (qurbon hayitidan keyingi uch kun), faqat juma kuni, faqat shanba kuni ro`za tutish makruh bo`ladi. Lekin kunora ro`za tutish­ni odat qilib olgan kishilar uchun u ikki kunda nafl ro`za tutish makruh bo`lmaydi.

Payg`ambarimiz (sollallohu alayhi va sal­lam): «Al­loh taologa eng sevikli ro`za Dovud (alay­his­sa­lom)­ning ro`zasidir. Dovud (alay­his­sa­lom) bir kun ro`za tutar, bir kun tutmas edi­lar», degan­lar (Imom Termiziy rivoyati).

Shuningdek, shak kuni ro`za tutish ham mak­ruhdir.

"So`ragan edingiz" kitobi asosida tayyorlandi

Комментарии