Долзарб мавзулар Foto

Aleksandr Lukashenko: o`zbeklarday savdo qilishni bilganimizda, hozirgidan ikki marta boyroq bo`lardik

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 13.09.2018, 14:55

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo`lib turibdi.

Mazkur tashrif tafsilotlarini yoritib borayotgan Belarus Telegraf agentligi – “BelTA”ning xabar berishicha, ikki mamlakat rahbarlarining tor doiradagi muzokarasida Aleksandr Lukashenko O`zbekiston iqtisodiyoti va davlatlararo munosabatlari taraqqiy etayotganidan belaruslar mamnun ekanini aytib o`tgan, deb yozmoqda O`zA.

Shuningdek, u yurtimizda istiqomat qilayotgan belarus diasporasini har tomonlama qo`llab-quvvatlayotgani uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga samimiy minnatdorlik izhor qilgan.

“Men bu erga Sizning Belarus va belaruslarga munosabatingiz uchun minnatdorlik bildirgani keldim. Biz, avvalo, mehnatsevarligimiz bilan bir-biriga juda o`xshash xalqmiz. Agar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizni o`zbeklar kabi savdo qilishni bilganimizda, hozirgidan ikki karra boyroq bo`lardik. O`ylaymanki, sizlar bizga o`z tajribangizni o`rgatasiz,” – degan Belarus rahbari.

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA