42

​Haftalik bashorat: Baxtli damlar yaqin!

Munajjimlar bashorati 15.10.2018, 10:38
15313
​Haftalik bashorat: Baxtli damlar yaqin!

15—21 oktyabr, 2018 yil

Hamal

Hafta davomida barcha ishlaringiz engil ko`chadi. O`zingizga ham, atrofingizdagilarga ham juda katta talablar qo`ymang. Agar shunday qilsangiz, yolg`iz o`zingiz qolib qiynalishingiz mumkin. Rejalashtirgan ishlaringizni imkon qadar vaqtida bajarishga harakat qiling. Hafta davomida birovlarga qarz bermang ham, olmang ham.

Savr

Bu hafta yaxshi xushxabarlar kutmoqda. O`zgarishlarga tayyor turing. Hech ikkilanmay yangiliklarga qo`l uravering. Chunki omad siz tomonda! Ko`pdan beri rejalashtirib qo`ygan ishlaringizni amalga oshirish vaqti keldi. Ayni dam buning uchun qulay fursatdir. Uy jihozlarini xarid qilish borasida omadli xaridlar kutyapti.

Javzo

Butun vujudingiz bilan ishga sho`ng`iysiz. Uzoq vaqtdan beri rejalashtirib qo`ygan g`oyalaringizni amalga oshirish imkoniga ega bo`lasiz. Faqat moliyaviy muammolarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Buni hal etishda shoshilmaslikni maslahat beramiz. Aks holda osongina aldanib qolishingiz mumkin. Yaxshisi, yaqinlaringiz va do`stlardan ko`mak so`rang. Ular sizni jon deb qo`llab-quvvatlashadi.

Saraton

Har bir ishni namunali bajarishga harakat qilasiz. Bu xislatingiz, albatta, tahsinga sazovor. Harakatni bir muddat bo`lsa-da, susaytirmang. Bo`layotgan o`zgarishlar sabab muammolarga duch kelishingiz mumkin. Buni o`ylab, hech ham xavotirlanmang. Chunki siz ularni muvaffaqiyat bilan enga olasiz. Faqat o`z kuchingizga ishoning. Ana shunda omad siz tomonda bo`ladi.

Asad

Asosiy vaqtingizni shaxsiy hayotingiz bilan bog`liq masalalarga bag`ishlaysiz. Muhim ishlarni hal etishga kirishasiz. Faqat ortiqcha hus-tuyg`ularga berilmang. Ya`ni aql bilan ish tuting. Barcha yoqimsiz xotiralarni unuting. Shundagina har bir ishni uddalaysiz. Agar masalaning echimini topishga qiynalsangiz, yaqinlaringizdan maslahat so`rang. Ularning ko`magi bilan osongina echim topasiz.

Sunbula

Hafta siz uchun go`zal taassurotlarga boy bo`ladi. Boshlab qo`ygan ishlaringizni omadli yakunlaysiz. Hozir xizmat pillapoyalaridan ko`tarilish uchun qulay fursat. Bu borada ham jiddiy o`ylab ko`ring. Boshliqlaringiz sizga nisbatan ijobiy munosabat bildirishadi. Ularning taklifini rad etmang. Bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qiling. Bundan barcha yaqinlaringiz xursand bo`lishadi.

Mezon

Hayotingizda o`zgarishlar bo`lishi ehtimoli bor. Ularning oldini olishga harakat qiling. Aks holda, murakkab vaziyatlarga duch kelasiz. Muhimi, hech bir masalaga bee`tibor bo`lmang. Agar shunday yo`l tutsangiz, omad sizdan yuz o`girishi mumkin. Bilim va tajribangizni ishga solsangiz barchasiga osongina echim topasiz. Demak, faqat o`zingizga ishonishingiz va olg`a harakat qilishingiz kerak.

Aqrab

Birozgina e`tiborsiz bo`lishga harakat qiling. Har bir narsaga ahamiyat berib, o`zingizni qiynamang. Oldinda sizni qancha ishlar kutib turibdi. Shularni navbati bilan bajarishga kirishing. Yon-atrofingizda qo`llovchi mehribonlaringiz bor. Ular sizni yolg`izlatib qo`yishmaydi. Shunday ekan, tushkunlikka berilmasdan, yaqinlaringiz mehridan kuch olib, faol harakatga kirishing.

Qavs

O`zgalarning tashvishini o`ylab qayg`urmang. Hozir buning fursati emas. Axir, o`zingizning ham muammolaringiz etarli: ish, oila, farzandlar. Qo`lni qovushtirib o`tirmasdan ularni bartaraf etishga kirishing. Aks holda bu tashvishlar tugamaydi. O`zingiz harakat qilmasangiz, birov kelib ishingizni hal etib bermaydi. Hafta so`ngida miriqib hordiq chiqarishga vaqt toping.

Jadiy

Asosiy vaqtingizni foydali yumushlarga sarf eting. Moliyaviy masalalar bilan bog`liq yumushlaringiz o`zingiz o`ylaganchalik oson hal bo`lmaydi. Shuning uchun har bir ishda hushyor bo`ling. Agar pulingiz etmay qolsa, mag`rurlikni chetga suring-da, qarz so`rang. Ayni dam ishingiz bitishini o`ylang. Hafta so`ngida uzoq safarga chiqishingiz ehtimoli bor. Balki oilangizni ham o`zingiz bilan olib ketarsiz.

Dalv

Kutilmagan xarajatlar chiqishi mumkin. Bu oilaviy buyudjetingizga sezilarli darajada ta`sir ko`rsatadi. Belni mahkam bog`lab, ishingizda davom eting. Shaxsiy hayotingizda esa faqat quvonchli onlar kutmoqda. Bir umr esda qoladigan unutilmas damlarning guvohi bo`lasiz. Oilangiz barcha istaklaringizni bajarishga tayyor. Ularga rahmat aytishni unutmang.

Hut

Siz kutmagan voqea-hodisalar sodir bo`ladi. O`zingizni oldindan bunga tayyorlab boring. Shunda ishlaringizni osongina hal etasiz. Lekin ishda biroz muammoli vaziyatlar bo`lishi mumkin. Ulardan uzoqroq bo`lishni maslahat beramiz. Ishda ham, shaxsiy hayotingizda ham tajribali odamlarning maslahatlariga amal qiling. Shunda hammasi yaxshi bo`ladi.

Комментарии