42

Yosh grossmeysterga uch xonali kvartira sovg`a qilindi (foto)

Jamiyat 19.10.2018, 06:59
Теги: Foto
2663
Yosh grossmeysterga uch xonali kvartira sovg`a qilindi (foto)

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo`lib o`tgan “First Saturday GM” xalqaro turnirida iqtidorli shaxmatchimiz Javohir Sindarov muvaffaqiyatli ishtirok etib, uchinchi grossmeysterlik talabini bajardi va 12 yoshida jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteriga aylandi.

Bundan bir yil oldin Javohir xalqaro shaxmat ustasi unvoniga sazovor bo`lib, Prezidentimizning qimmatli sovg`asini qo`lga kiritgandi.

O`tgan bir yilda Javohir o`z ustida tinimsiz ishlab, joriy yil iyun oyida “Voronej open-2018” xalqaro musobaqasida birinchi, sentyabr oyida Turkiyada o`tkazilgan 20 yoshgacha o`smirlar o`rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi grossmeysterlik talabini bajardi.

Shunisi quvonarliki, Javohir 12 yosh 10 oy 8 kunligida grossmeysterlik unvonini qo`lga kiritib, jahon shaxmat tarixida S.Koryakindan (12 yoshu 7 oy) keyin ikkinchi, shaxmat vatani bo`lmish Osiyoda esa birinchi – eng yosh shaxmatchi sifatida o`z nomini solnomalarga muhrlab qo`ydi.

photo5353060931099273823.jpg

Javohirning jahon shaxmat arenasida qo`lga kiritgan bu olamshumul g`alabasi barcha yurtdoshlarimizni xushnud qilgani bor gap.

Javohir Sindarov yurtimizda katta hurmat-ehtirom bilan kutib olindi. Keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoevning jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteri Javohir Sindarovga yo`llagan tabrigini O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari bo`yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov o`qib eshittirdi.

Tabriknomadagi bunday haroratli so`zlar hayajonni orttiradi.

“Bunday ulkan e`tirof yurtimiz yoshlarining barcha sohalarda, jumladan, aql-zakovat musobaqasi bo`lgan shaxmat bo`yicha ham katta marralarni zabt etishga qodir ekanini yana bir bor yaqqol namoyon etmoqda.

photo5353060931099273825.jpg

Ayni vaqtda bu tarixiy voqea o`zining buyuk ilmiy kashfiyotlari, ma`naviy-intellektual salohiyati va tafakkuri bilan dunyoni hayratga solgan ulug` allomalarimizning munosib vakillari yurtimizdan etishib chiqayotganini ko`rsatadi”.

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo`jaev esa Sergeli tumani, Chorbog` mahallasidagi 102-uyning 3 xonali 27-xonadoni kalitini tantanali ravishda topshirdi, deb yozmoqda O`zA.

– Bunday e`tibor ko`nglimni tog`dek ko`tardi. Prezidentimizga o`z tashakkurimni bildiraman. Tabrik meni yanada ruhlantirib, bundan-da yuksak natijalarni qo`lga kiritishimda kuch beradi, – deydi Javohir Sindarov. – Yutuqlarga erishishimda ustozlarim Sabohat va Sirojiddin Zayniddinovlar, Akrom Toshxo`jaev, Bobur Sattorov va xalqaro grossmeyster Marat Jumaevning saboqlari, ota-onam, yaqinlarim, ayniqsa, bobom Komil Sindarov, ma`naviy ustozlarim Bakriddin Zaripov, Murtazo Rahmatovning dastaklari, yurtimizda sportni rivojlantirishl uchun yaratilgan shart-sharoit, yana aytaman, Prezidentimizning shaxmatga e`tibori asosiy omil bo`ldi.

Комментарии

Xorijiy ijodkorlar o`zbek yoshlariga mahorat-sabog`ini o`tishdi

10.10.2019, 16:32

“Yozuvchi/rassom/madaniyat xodimi rezidensiyada” dasturi ishtirokchilari Yoshlar press klubida ijodkor yoshlar bilan uchrashishdi.O`zbek va xorij ijodkorlari hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu rezidensiya dasturining dunyoning turli...
Surxondaryoda uch egizak dunyoga keldi

07.10.2019, 18:03

Kuni kecha Termiz shahar Sahovat mahallasidagi Haydarovlar xonadonida uch nafar egizak farzandlar dunyoga keldi. Shahar tibbiyot birlashmasining tug`ruq bo`limida ko`zi yorigan surxondaryolik Iroda Xo`jamova ikki...
Maktabgacha ta`lim vazirligi mobil va modulli MTTlarni taqdim etdi (Foto)

04.10.2019, 15:49

2019 yil 4 oktyabr kuni mobil va modulli maktabgacha ta`lim muassasalarining taqdimoti bo`lib o`tdi. Ular oddiy MTTlarni qurish imkonsiz bo`lgan chekka qishloq joylari, tog`li hududlar...
Raqqosalarimiz Koreyadagi Niqob raqs festivalida ishtirok etishmoqda (foto)

03.10.2019, 17:44

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o`rinbosari boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi 27-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar Koreya Respublikasining Andon shahrida o`tkazilayotgan xalqaro Niqob raqs festivalida ishtirok etmoqda.