Ташкент +4° Wed 02:14
Долзарб мавзулар Foto

Shahlo Ahmedova lisenziyasiz qoldi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 13.11.2018, 16:10

«O`zbekkonsert» davlat muassasasi sharmu-hayodan yiroq bo`lgan sahnalarga boy bo`lgan klipi tufayli estrada xonandasi Shahlo Ahmedovani lisenziyasini bekor qildi.

"Xonanda Sh.Ahmedovaning «Letnie dojdi» deb nomlangan videoklipida milliy ma`naviyatimizga yot bo`lgan, tomoshabinlarning e`tiborini jalb etish uchun xalqimiz mentalitetiga zid, sharqona odob-ahloq me`yorlariga to`g`ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etgan", - deyilgan rasmiy bildirishda.

Ma`lumotlarga qaraganda, Muassasa tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, xonandaning «Letnie dojdi» deb nomlangan qo`shig`iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilgan.
Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA