41

Qozog`iston IIV Yulduz Usmonova to`yda qo`riqchilar qurshovida kuylashi holati bo`yicha izoh berdi (video)

Shou-biznes 23.11.2018, 15:25
Теги: Video, Yulduz Usmonova
11004
Qozog`iston IIV Yulduz Usmonova to`yda qo`riqchilar qurshovida kuylashi holati bo`yicha izoh berdi (video)

Qozog`istonda Yulduz Usmonova qo`shiq kuylagan vaqtda to`y tashkilotchilari qo`riqlash agentligi xodimlarini jalb qilgan. Shuning uchun sahna oldida qurollangan kishilar ko`p bo`lgan.

“Turkiston viloyati Sariag`ash tumanidagi restoranlardan birida artistlar chiqishi vaqtida to`y marosimi tashkilotchilari tomonidan tartibni ta`minlash maqsadida qo`riqlash agentligi xodimlarini jalb qildi”, - deb ma`lum qildi Sputnikga Qozog`iston IIVning rasmiy vakili Almas Sadubaev.

Uning so`zlariga ko`ra, hozirgi vaqtda qo`riqlash tashkilotiga nisbatan xodimlar xizmat qurolidan foydalanish tartibi buzilishi holati bo`yicha Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 484-moddasi 1-qismi bo`yicha bayonnoma tuzildi.

“Shu bilan birga Tadbirkorlik kodeksi doirasida prokuratura organlariga qo`riqlash tashkilotida qo`riqlash faoliyatini yuritish sohasidagi qonunchilik talablariga mos kelishini aniqlash maqsadida rejadan tashqari tekshiruv o`tkazish tashabbusi bilan chiqildi”, - deb qo`shimcha qildi u.

Eslatib o`tamiz, bir necha kun oldin internetda Yulduz Usmonova to`yda avtomatik qurol bilan qurollangan shaxslar qurshovida qo`shiq kuylagani tasvirga olingan video tarqalgandi.

Internet mushtariylari ushbu to`yda qozog`istonlik ijrochi Serikbol Saylaubek ham shu qurollangan kishilar qurshovida qo`shiq kuylaganini yozishgan.


Комментарии

JSST: Kongoda Ebola virusi tarqalishi kamaydi (Video)

15.10.2019, 11:56

JSST Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusining tarqalishi ancha sekinlashayotganini ma`lum qildi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar qildi.Tashkilot ma`lumotlariga ko`ra, ayni damda virus mamlakatning shimoli-sharqiy qismida Mobasa, Komanda,...
Evropa Ittifoqi Turkiyaga qarshi sanksiya qo`llashni muhokama qildi (Video)

15.10.2019, 11:39

Evropa Ittifoqi turk harbiylarining Suriya shimoli-sharqiga joylashtirilishiga nisbatan o`z javob choralarini qo`llamoqchi, deb xabar berdi Euronews.com nashri. Lyuksemburgdagi uchrashuvda EI tashqi ishlar vazirlari Turkiyaga qarshi turli...
Yaponiya: "Xagibis" to`fonidan so`ng (Video)

15.10.2019, 11:29

Euronews.com nashri ma`lumotlariga ko`ra, «Xagibis» to`foni oqibatida 40 kishi halok bo`lgan yana 16 nafari esa bedarak yo`qolgan. Bundan tashqari, 189 nafar kishi jarohatlangan. Kioda agentligi qidiruv-qutqaruv...
Turkiya harbiy kuchlari Suriya shimolida harbiy operasiya boshlash arafasida turibdi (Video)

07.10.2019, 17:20

AQSh Suriya shimolidagi hududlardan o`z harbiylarini olib chiqishni boshladi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.Yaqin vaqt orasida Turkiya ushbu hududda kurd qurolli koalisiyasiga  qarshi keng ko`lamli...