Долзарб мавзулар Foto

Xatirchida maktab direktori pora bilan qo`lga olindi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 05.12.2018, 16:52

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi maktablardan birining direktori pora olayotgan vaqtda qo`lga olindi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar berdi.

Fuqaro S. R. Navoiy viloyati Xatirchi tumanining Oltinsoy MFYdagi Achchi qishlog`idagi 79-maktabda ancha vaqtdan buyon psixologiya fani o`qituvchisi sifatida ishlab kelardi.

Mazkur maktabning direktori P.Sh. so`nggi paytlarda unga ma`lumoti psixologiya mutaxassisligiga to`g`ri kelmasligini ro`kach qilib, ishdan bo`shatmaslik evaziga 200 AQSh dollari talab qiladi.

Fuqaro S.R.ning arizasi asosida Departamentning tuman bo`limi, DXX hamda tuman IIB JQB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda maktab direktori P.Sh. psixolog S.R.dan kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSh dollarini pora tariqasida olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro P.Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 210-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA