Ташкент +4° Mon 08:21
Долзарб мавзулар Foto

505 nafar Qorbobo "Mahallada yangi yil" loyihasida (video)

Бўлимлар: Moziydan sado
Теглар: Video
Добавлено: 17.12.2018, 15:30

Toshkent shahridagi "Xalqlar do`stligi" saroyi maydonida poytaxt aholisini Yangi yil bayrami bilan qutlash uchun 505 nafar Qorbobo to`plandi.

Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan "Mahallada Yangi yil" loyihasi doirasida poytaxtimizdagi barcha mahalla faollari tomonidan qorbobo kiyimlari tayyorlandi.

Yangi yil bayramini munosib kutib olish maqsadida o`tkaziyotgan ushbu loyihaga ko`ra, mahalla fuqarolar yig`inlari tomonidan aholi, avvalo, nogironlar, kam ta`minlangan oilalar, yuz yoshdan oshgan hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uylariga borib, ularni bayram bilan tabriklash rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 20 dekabridan 31 dekabr kuniga qadar 12 yoshgacha bo`lgan bolalarga bayram shukuhini ulashish maqsadida har bir poytaxtimizdagi barcha mahallalarda, "Mahalla markazi" binolarida, ko`chalar, ko`p qavatli uylar oldida bayram tadbirlari o`tkaziladi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA