Ташкент +4° Mon 06:33
Долзарб мавзулар Foto

2019 yilning 365 bekati: to`ng`iz yili nimalarni va`da qiladi?

Бўлимлар: Munajjimlar bashorati
Теглар:
Добавлено: 03.01.2019, 14:45

To`ng`iz yili Sharq taqvimining 12, ya`ni oxirgi muchal yili bo`lgani uchun uni “aralashgan, qorishgan yil”, deyish mumkin. Chunki u o`zida avvalgi 11 muchallarning muhim faktorlarini singdirgan.

Ko`pchilik to`ng`izni irkit, nima uchrasa, shuni eb ketaveradigan hayvon, deb biladi. Lekin u aqlliligi, bamaylixotirligi bilan ajralib turadi. Bir qarashda pala-partish, ozoda bo`lmagan hayvon 2019 yilda butunlay boshqa sifatlari bilan namoyon bo`ladi. Sizni xursand qilishga shoshilamiz: to`ng`iz yili hayotning barcha sohalarida omad olib keladi!

To`ng`izning vahimali so`yloq tishlarini oldinga qaratib yugurishini eslang. Shu jihatdan ushbu yilda o`ylangan rejalar tezlik bilan amalga oshishiga, maqsadlar sari dadil qadam tashlanishiga umid qilish mumkin.

Astrologlarga ko`ra mehnatkash, intiluvchan insonlar uchun 2019 yil moliyaviy masalada muvaffaqiyatli keladi. Anchadan buyon katta daromadli ishga qo`l urishni ko`zlab yurganlar bu maqsadlarini To`ng`iz yilida amalga oshirishga muyassar bo`ladilar. Biroq bu yo`lda firibgarlik ishlatish, o`zgalarning haqini eyish ma`qul emas. Bularni qilganlardan omad yuz o`giradi. Dangasa, tepsa tebranmaslar uchun osmondan chalpak yog`ilmaydi. Agarda ular ham biror ishning boshini tutib, aniq maqsadlar qo`yib harakat qilsa, albatta barakasini ko`radi. To`ng`iz yili nosog`lom raqobatni, xiyla-nayrang ishlatilgan o`yinlarni xushlamaydi. Bir so`z bilan aytganda, To`ng`iz yilida halol mehnat qilganlar yuzaga chiqadi.

Tavakkal qilmaslik, shubhali ishlardan yiroqda bo`lish, qarz bermaslik va qarz olmaslik ham tavsiya qilinadi.

Muchal egalari uchun bayram...

To`ng`iz yili barcha muchal vakillari uchun osuda, farovon o`tishi va`da qilinmoqda. Aynan To`ng`iz yilida tug`ilganlar uchun ko`proq omad kulib boqadi. Katta daromad topishlari, ko`p miqdorda pul to`plashga erishishlari mumkin.

Ular deyarli har doim rostgo`yligi, yumshoqko`ngilligi, olijanobligi va mehribonligi bilan xarakterlanadi. Yana ular boshqalar bilan urishmasligi, janjal qilmasligi, odamlarga yaxshilik ulashishi bilan ajralib turishadi. Ammo bu ularning hayoti bir tekis deyishga asos bo`lmaydi. Kutilmagan burilishlar, qoqilishlar, ayriliqlar ham yuz beradi, keyin hammasini oq qog`ozdan boshlashga to`g`ri keladi.

Bu yilda tug`ilganlar muammolarini, tashvishlarini kulib engishga o`rganganlar. Ular odatda, biror ishni bajarishda shoshilishmaydi, ammo zarur vazifa yuklansa, bor kuchi bilan uni bajarishga kirishadilar. Ulardagi o`zlariga bo`lgan ichki ishonch, g`ayrat atrofdagilarning ham hayratiga sabab bo`ladi. Odamlarga tez ishonishlaridan ba`zan pand eyishadi. Ularning ishonchini suiistemol qiluvchilar topiladi.

Intellektuallik jihatdan To`ng`iz yilida tug`ilganlar qobiliyatlidirlar. Ular deyarli hamma narsaga qiziqadilar. Turli adabiyotlarni o`qishni yoqtiradilar. Do`st tanlashda ko`ngliga yaqin bo`lganlarini tanlaydilar. Agar bunday do`stni topolmasalar, unda tanishlaridan shunday yaqin do`stni tarbiyalashga urinadilar. Lekin bu har doim ham istaganidek amalga oshavermaydi.

Ijodkor muchal vakillari ham boshqalardan ajralib turadi. Rassomlik, musiqa san`ati ularning dillariga ko`proq yaqin.

Moddiy jihat, mablag` masalalari ular uchun muhim ahamiyatga ega. Dabdabani va boylikni yaxshi ko`radilar va shunday yashashga intiladilar. Biroq ularga pul shunchaki kelmaydi. Pul topish uchun ular ko`p mehnat qilishlariga to`g`ri keladi. Qayd etish kerak, tillarang To`ng`iz yilida ko`proq Baliqlarga omad keladi. Chunki Baliqlar To`ng`izlarga astrologik tomondan yaqin turadi.

Ijodkor insonlar va sportchilarning kamolotga etishi kutilmoqda. Ular yil boshida va yil oxirida ehtiyotkorroq bo`lishlari maslahat beriladi, chunki bu davrlarda jarohat olish xavfi yo`q emas.

Nimalardan saqlanish zarar qilmaydi?

Asosan, rashk, hasad, ko`ra olmaslik kabi xislatlar xavf soladi. Ulardan hamma ham xalos bo`lolmaydi. Shuning uchun, yaxshisi, uning oqibatlarini, oiladagi nizolarning oldini olishni o`ylash, maqsadga muvofiq bo`ladi.

To`ng`iz yilida ish joyingizni almashtirish ham ma`qul emas. Bu kabi ishlardan ko`proq yo`lbars, baliq, quyon yilida tug`ilganlar saqlanganlari maqsadga muvofiq.

Oilalar mustahkamlanadi

Tinchliksevar hayvon barcha arazda bo`lgan juftliklarni yarashtirishga, qo`rquv va xafagarchiliklardan xalos bo`lib, ko`ngil xotirjamligiga erishishga yordam beradi. Oilaviy rishtalarni mustahkamlaydi, murosaga keltiradi. Yolg`iz insonlar o`z baxtini topadilar. Oilada ko`payishni istaganlar uchun yil barakali keladi. Ko`p-ko`p farzandlar dunyoga keladi.

O`zgarishlar davri keladi

Yil ijobiy o`zgarishlar bilan odamlarning kayfiyatida aks etadi. Aksariyat kishilar o`tgan yilda bo`lgan xafagarchiliklarni, omadsizliklarni, yoqimsiz xotiralarni ortga qoldirib, kelajakka umid bilan yashashga harakat qiladilar. Yil davomida shodu xurramlik, yuqori kayfiyat ustun bo`ladi, bu atrofdagilarga ham yaxshi ta`sir qiladi, do`stlar soni ko`payadi. O`zaro ziddiyatlar, janjallar soni keskin kamayadi. Omad ko`proq jamoa bo`lib ishlaydiganlarga kulib boqadi.

Ish joyini, uylarini o`zgartirishni istaganlar ham buni qo`rqmasdan kelasi yilda amalga oshirishlari mumkin. Zero, tillarang to`ng`iz yili yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Lekin bu ishda yo`lbars, baliq, quyon yilida tug`ilganlar shoshmasliklari tavsiya etiladi.

2019 yilda muvaffaqiyat keltiradigan ishlar:

  • oila qurish
  • farzandli bo`lish
  • sayohatga chiqish
  • tashqi ko`rinishni o`zgartirish
  • eski do`stlarni izlab topish
  • jismonan kuch beriladigan ishlar

  • Ayniqsa, ilon, qo`y, to`ng`iz va it yilida tug`ilganlar ushbu ishlarni amalga oshirsa, ularga yoqimli voqealar ko`proq va`da qilinmoqda.

    Umuman olganda, 2019 yil samarali, qut-barakali yil bo`lishi, oilada va daromadda mo``tadillik va`da qilinmoqda. U insonlarga farovonlik, tinchlik, g`ayrat sovg`a qiladi. To`ng`iz yilida muvaffaqiyat kaliti – halollik, to`g`riso`zlik, hamma ishda tirishqoqlikdir.

    Google+
    WhatsApp
    VK
    Telegram

    Комментарии

    Shou-biznes