Му5
44

Bashorat 2019: ​Cunbula

Munajjimlar bashorati 15.01.2019, 11:55
16271
Bashorat 2019: ​Cunbula

O`tgan ishlarni tahlil qiling, xato qilmaysiz! (24 avgust – 23 sentyabr)

Umumiy bashorat

“Sunbula”lar 2019 yilda yangi ishlarga bel bog`lashdan avval o`tgan ishlarni va xatolarni elakdan o`tkazib, tahlil qilib ko`rishi lozim. Ana shunda o`ylaganlaringizni samarali amalga oshirasiz va moliyaviy ahvolingizni ham yaxshilab olasiz.

“To`ng`iz yili”da omadli kishilar bilan tanishasiz. Ularning muvaffaqiyatlari sizni ham ilhomlantiradi. Natijada yil oxirida ishda yoki o`qishda yuqori cho`qqilarni zabt etishga erishishingiz mumkin.

Oila qurmagan “Sunbula”lar bahor oylarida hamkasblari orasidan o`z muhabbatlarini topadilar. Yozda esa oila qurishlari kutilmoqda. Jazirama issiq kunlarda salomatlikka alohida e`tibor qaratish zarur. Immunitetni mustahkamlovchi muolajalarni kanda qilmang. Ayniqsa, eski kasalliklarni davolashga kirishing. Elvizaklardan va shamollashdan saqlansangiz, shifokorlarga kamroq murojaat qilasiz.

Agar o`ylab ish ko`rsangiz kuzga kelib mo`maygina daromad olishingiz mumkin. Hattoki, avtomashina xarid qilishingiz yoki uyingizni to`liq ta`mirlatishingiz kutilmoqda. “To`ng`iz yili”da “Sunbula”lar o`z tadbir­korlik faoliyatini yo`lga qo`ysa ham bo`ladi. Bu sohada ularga yashil chiroq yonmoqda. Biroq shartnomalar tuzish va savdo-sotiqqa pul “tikish”ga shoshilmang.

Tabiatan sinchkov, mayda narsalarga ham e`ti­borli va qat`iyatli burj egalari bu yil ham kam xato qilishadi. “To`ng`iz yili”ning o`zi ularni o`z qaramog`iga olmoqda.

Ish faoliyatingizda birinchilikni egallash uchun bor kuch-g`ayratingizni va topqirligingizni ishga soling. Hech bir ishni chala tashlab ketmang. Tirishqoqlar har qanday qiyinchilikni osonlikcha engib, yuqori lavozimlarga ko`tarilishlari mumkin. Bahorda ish shunchalik ko`payib ketadiki, may oyigacha tinib-tinchimaysiz. Mehnatkashlarni nafaqat qizg`in ish faoliyati, balki ko`pgina xizmat safarlari ham kutmoqda.

Bahorning oxirida o`z ishi bilan shug`ullanishi mumkin. Masalan, mashina xaridi yoki yangi do`kon ochish... San`at va reklama tijorati bilan shu­g`ullanuvchilar moliyaviy qo`llab-quvvatlovchi homiylarni topishlari mumkin. Kuz oyida ish yuzasidan ajoyib takliflar tushadi. O`zingizga ishonib, takabburlik qilmasangiz atrofdagilar e`tirofiga tushasiz.

Daromad ortidan quvib, yaqinlaringizni unutib qo`ymang. Ular siz bilan vaqt o`tkazishga va maslahatingizni olishga umidvor. Har bir narsada me`yor bo`lishi lozim. Uy ishlarini bir chetga surib qo`yish yaramaydi.

Yulduzlar bu yilda ko`proq dam olib, salomatlikka e`tiborli bo`lishni maslahat berishmoqda.

ShAXSIY HAYoT

2019 yilda oila qurmaganlar shaxsiy hayotidan nimalarni xohlayotganlarini o`zlari ham tushunmay qolishadi. Sevgi borasida xato qilishdan cho`chimang. Axir haqiqiy tuyg`ular ko`pgina sinovlar ortidanpaydo bo`ladi. “To`ng`iz yili”da ko`pgina do`stlar orttirishga harakat qiling. Balki haqiqiy muhabbatingizni ular orasidan toparsiz?!

“To`ng`iz yili” oilalilarga ham kutilmagan o`zga­rishlarni va`da bermoqda. Xonadoningizda juda ko`p mehmon kutasiz. Bunga uyingizni yangidan ta`mirlatganingiz, yangi uyga ko`chganingiz yoki jajji farzand tug`ilishi sabab bo`lishi mumkin. Xonadoningizda tinchlik va xotirjamlik humronlik qiladi.

Maishiy muammolarni tezda hal qilishga to`g`ri keladi. Hech bir ishni ortga surmang, aks holda muammoni echish yanada qiyinlashadi. Katta farzandingizning o`qishi va tarbiyasi bilan alohida shug`ullanishga to`g`ri keladi. Agar balog`at yoshidagilarning birortasi o`qishga kirishni niyat qilgan bo`lsa, tayyorgarlikni bahordan boshlash kerak. Uy ishlarini hal etish uchun juda ko`p mablag` kerak bo`ladi. Biroq kredit olmaslikka harakat qiling.

Xullas, 2019 yil zerikishga vaqtingiz bo`lmaydi.Oilada yuz berajak ba`zi kichik muammolarga optimistik nazar bilan qarashga va darrov tushkunlikka tushmaslikka intiling.

SALOMATLIK

Tozalikni xush ko`ruvchi burj vakillari “To`ng`iz yili”da virus va kasalliklardan qo`rqmasliklari ham mumkin. Ular sizga aniq xavf solmaydi.

Biroq immunitetni mustahkamlovchi va tetiklashtiruvchi muolajalar ortiqchalik qilmaydi.Ayniqsa ko`pchilik bilan muloqot qilishga, jamoat transportlarida yurishga va yo`l-yo`lakay ovqat tanovul qilishga odatlanganlar raqs yoki sport bilan shug`ullanishlari kerak bo`ladi. Velosipedda sayr qilish kabi faol sport turlari aynan siz uchun.

“To`ng`iz yili”da zararli odatlaringiz bilan ham kurashing. Chunki yil egasi ularni xush ko`rmaydi. Ko`proq piyoda yuring, toza havodan nafas oling va kechalari kompyuter oldida o`tirishni bas qiling. Agar shifoxonaga tushib qolishni istamasangiz, o`z vaqtida tibbiy ko`rikdan o`tib yuring. O`z vaqtida dam olishni kanda qilmang. Aks holda ko`zlaringiz ostida shishlar paydo bo`ladi.

KARERA

Yulduzlar 2019 yilda moliya borasida kamtarroq bo`lishni maslahat berishmoqda. O`z daromadingizni aniq belgilab, amalga oshishi mumkin bo`lgan maqsadlar sari intilishga harakat qiling. Aks holda “tilla baliqni” qo`ldan boy berasiz. “To`ng`iz yili”da pulingiz ko`p bo`ladi. Ammo shunday bo`lsa ham juda zarur bo`lmagan xaridlarni ortga surib turgan ma`qul. Yaxshisi daromadingizni foizli jamg`armaga qo`yib, keyinchalik shaxsiy tadbirkorlikni yo`lga qo`ying. “Sunbula”lar agar isrofgarchilik qilmasa, o`ylagan ishini amalga oshira oladi.

Kuz moddiy jihatdan og`ir kechadi. Shuning uchun qo`shimcha daromad manbaini izlashga to`g`ri keladi. Agar rejalarni aniq belgilab olsangiz, qiyinchiliklar ortda qoladi.

AYoL "SUNBULA"LAR

2019 yilda ayol “Sunbula”larning hayoti bir tekis kechmaydi. Quvonch va omad bilan birga, baxtsiz kunlar ham kelishi mumkin. Moliyaviy jihatdan barcha ishlaringiz maromida kechadi, biroq yaqinlar bilan munosabatlarda ehtiyotkor bo`lish zarar qilmaydi. Har bir so`zingizni aytayotganda ahamiyatli bo`ling, hissiyotlaringizni jilovlashni o`rganing.

Sevgi-muhabbat borasida kutilmagan uchrashuvlarga umid qilmang. Agar juftingizni tanlab bo`lgan bo`lsangiz, arzimagan ishlar uchun xafa bo`lishni bas qiling va munosabatlarnimustahkamlang. Oilalilarning xonadonida yil davomida turli muammolar yuzaga kelish ehtimoli bor. Shuning uchun ayol “Sunbula”larga yulduzlar “avval o`ylab, keyin so`ylash”ni maslahat berishmoqda.

“To`ng`iz yili”da ishga sho`ng`ib ketasiz. Shuning uchun toliqib qolmaslikka harakat qiling va sog`lig`ingizga o`z vaqtida ahamiyat bering. Muhim masalalarni hal etish uchunvaqt va kuch kerak bo`ladi. Shunday ekan, amalga oshmaydigan orzular ortidan quvlashni bas qiling. Bahor va yozda to`xtovsiz mehnat qilishingiz kerak. Ta`tilni yil boshida yoki oxirida olganingiz yaxshi. Bahordan to iyun oyi­gacha qiyinchiliklarni engib o`tishga to`g`ri keladi. Iyul oyidan dekabrga qadar esa hayotingiz tinch va osuda kechadi.

ERKAK "SUNBULA"LAR

Yulduzlar 2019 yil erkak “Sunbula”larga qiyin kechishini aytishmoqda. Barcha ishlarni to`g`ri tashkillashtirsangiz quvvatingiz va vaqtingiz hamma narsaga etishi mumkin. Agar bir narsaning atrofida o`ralashib qolmasangiz, ko`pgina yutuqlarga erishasiz.

Oilada turmush o`rtog`ingiz bilan tushunmovchilik­lar yuzaga keladi. Bunday vaziyatlarda o`zingizni ish bilan chalg`itishga urining.

Bo`ydoq erkaklar “To`ng`iz yili”da o`z juftlarini topib, to`y qiladi. Eng asosiysi uzoq bosh qotirmasdan, to`g`ri tanlov qilish. Unutmang, agar tanlov borasida xato qilib qo`ysangiz, butun umr qiynalib qolishingiz mumkin.

“To`ng`iz yili”da moliya borasida ham ehtiyotkorroq bo`ling. Ortiqcha xarajatlar daromadingizga jiddiy ta`sir qilishi mumkin.

Yil davomida salomatligingiz ustida qayg`urishga to`g`ri keladi. Chunki 2019 yil tez-tez shamollash natijasida turli asoratlar sizni qiynab qo`yadi. Yilning ikkinchi yarmida omad kulib boqadi. Eng asosiysi atrofdagilarga o`zingizni ko`rsating, bor iste`dod va mahoratingizni namoyish qilishdan cho`chimang.

Шарҳлар

Ўқишга тавсия қиламиз