Ташкент +4° Mon 05:33
Долзарб мавзулар Foto

​Jigar uchun 7 foydali mahsulot!

Бўлимлар: Salomatlik
Теглар:
Добавлено: 09.02.2019, 10:35

Taom va eguliklar nafaqat mazali, balki foydali bo`lishi ham muhim. Ayniqsa, gap jigar salomatligi haqida borar ekan, taomnoma to`g`ri tuzilishi shart. Quyida jigarni tozalovchi va ushbu a`zo hujayralarining tiklanishiga ko`mak beruvchi mahsulotlar bilan tanishtiramiz.

Zaytun yog`i + baliq

Har ikki mahsulotda Omega – 3 yog` kislotasi bor. U qondagi xolesterin miqdorini me`yorlashtiradi, shuningdek, Omega – 3 hujayra membranasining tuzilishidagi asosiy elementlardan biridir. Haftada bir marta baliqli kun tashkil etish, sabzavotli salatlarga zaytun yog`ini qo`shib tanovul qilish jigar uchun foydali.

Brokkoli

Barcha turdagi karamda sulforafan elementi mavjud. Sulforafan yallig`lanishga qarshi hamda safro ajralishini faollashtiruvchi xususiyatga ega. Bu elementning eng ko`p miqdori brokkolida to`plangan bo`lib, uni kunora iste`mol qilish tavsiya qilinadi.

Yashil sabzavot + ko`katlar

Mikronutrientlar manbasi hisoblangan yashil sabzavotlar jigarga xush yoqadi. Har kuni sabzavotli salat tayyorlab, unga ko`p miqdorda ko`katlar to`g`rash lozim. Vitaminli aralashma jigardagi muhim almashinuv jarayonlarida asqatadi.

Yong`oq + pista

Eryong`oq, yong`oq, eron yong`og`i va kungaboqar pistasida arginin aminokislotasi mavjud. Arginin jigar hujayrasining tiklanishida muhim vazifani bajaradi. Mutaxassislar har kuni yarim siqimdan (allergiyaga moyilligingiz bo`lmasa) yong`oq (barcha xili) iste`mol qilishni tavsiya etishadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes