Buyuk Britaniya parlamenti Brexit shartlari bo`yicha Evroittifoq bilan kelishuvni yana rad etdi, deb xabar berdi RenTV.ru nashri.
Parlament a`zolari mamlakat Bosh vaziri Tereza Meyning Brexit shartnomasiga qarshi ovoz berishdi. 242 nafar deputat mazkur hujjatni qo`llab-quvvatlagan bo`lsa, 391 kishi unga qarshi ovoz bergan. Endi parlament a`zolari kelishuvsiz Brexit masalasi bo`yicha ovoz berishi lozim. Tereza Mey esa deputatlarni o`z qarorlarining oqibatlari haqida ogohlantirgan. Mahalliy OAV tarqatgan xabarlarga ko`ra, deputatlar Breksit bo`yicha vaziyatni o`z qo`llariga olish niyatidalar. Ular Breksitni kechiktirish yuzasidan ovoz berish jarayonini o`tkazishlari ham mumkin.