Ташкент +4° Tue 18:14
Долзарб мавзулар Foto

Birinchi chorakdagi soliq tushumlari sarhisob qilindi

Бўлимлар: Iqtisodiyot
Теглар:
Добавлено: 02.04.2019, 16:13

2019 yil I chorakda byudjetga soliq tushumi 18,4 trln so`mni tashkil qildi, bu o`tgan yilning ushbu davridagiga nisbatan 1,7 barobarga ko`pdir.

Jismoniy va yuridik shaxslardan soliq tushumlari fuqarolar qonunga ko`proq rioya eta boshlaganliklari, tadbirkorlar esa xufyona faoliyatdan voz kechayotganlarini ko`rsatmoqda,- deb ma`lum qiladi Davlat soliq qo`mitasi matbuot xizmati. – Chunonchi, birinchi chorakda qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha tushumlar ikki baravarga o`sdi. QQS to`lovchilari soni esa, besh barobarga ortib, 35 mingtaga etdi.

Foyda solig`i o`tgan yilning tegishli davridagiga qaraganda 2,6 barobarga o`sdi. Bu tur soliq to`lovchilar soni esa, 32 mingtaga etdi (o`sish – 5 barobar).

Joriy yilning dastlabki uch oyida suv solig`ini 49,7 ming yuridik shaxs to`ladi, bu o`tgan yildagi ko`rsatkichdan 14,4 barobarga ko`pdir.

Er solig`i to`lovchilari soni 5,8 baravarga o`sdi va 75 mingtani tashkil qildi.

Birgina I chorakning o`zida, jismoniy shaxslar daromad soliqlari qisqarishi tufayli ish haqi fondiga soliq yuki kamayishi natijasida, korxonalar tasarrufida 169 mlrd so`m mablag` qoldirildi. Oldinlari soliq ko`rinishida byudjetga tushgan 1,7 trln so`m esa, ishchi-xodimlar maoshiga qo`shildi.

Umuman olganda, birinchi chorakda 4,8 mln jismoniy shaxs daromad solig`i to`ladi, bu avvalgi yilning shu davridagiga qaraganda 10 foizga ko`p – 450 ming nafar shaxs soliq to`lovchilar safiga qo`shildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA