O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi va «AIDA» o`rtasida qishloq xo`jaligi ob`ektlarini quvvatlash uchun avtonom quyosh elektr stansiyalarini tashkil etish to`g`risida shartnoma imzolandi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Birlashgan Arab Amirliklari atrof-muhit va iqlim o`zgarishi vaziri Tani Al-Ziodi bilan muzokaralar davomida O`zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar chog`ida Birlashgan Arab Amirliklari O`zbekistonning meva va sabzavotlarini mintaqa mamlakatlari bozoriga chiqarish markazi sifatida xizmat qilish mumkinligi qayd etildi. O`zbekistonning qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etkazib berishni ko`paytirish maqsadida BAA kompaniyalari O`zbekistonga tashrifi tashkil etiladi.
Xorijiy tomon mutaxassislari O`zbekistonlik hamkasblariga infrastruktura loyihalarida ishtirok etish, shuningdek tajriba va texnologiyalar almashish yo`li bilan yaroqsiz va cho`l erlarni tiklashda yordam berishga tayyorligini bildirdi.