AsosiySport

"Liverpul" safarda irodali g`alabaga erishdi, Salah nihoyat gol urdi (foto)

'"Liverpul" safarda irodali g`alabaga erishdi, Salah nihoyat gol urdi (foto)'ning rasmi

Angliya Premer-ligasining 33-turi doirasida "Sautgempton" - "Liverpul" uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda dastlab mezbonlar hujumchisi Sheyn Long hisobni ochdi. Ammo, chempionlik uchun jiddiy kurashayotgan Yurgen Klopp shogirdlari o`zlariga kela olishdi va qolgan daqiqalarda uchta gol urib irodali g`alabaga erishishdi.

E`tiborli tomoni, mersisaydliklar tarkibida ikkinchi golni anchadan beri gol ura olmay kelayotgan Muhammad Salah kiritdi. Bu misrlikning "Liverpul" tarkibidagi 50-goli bo`ldi.

Shu tariqa, Klopp shogirdlari 82 ochko bilan yana peshqadam bo`lib olishdi. Ikkinchi o`rindagi "Manchester Siti"da esa 80 ochko bor, ammo Gvardiola shogirdlarining zaxirasida bitta o`yin bor.


APL

33-tur, 05.04.2019

"Sent-Meris" stadioni

"Sautgempton" - "Liverpul" 1:3

Bosh hakam: Pol Tirney

Gollar: Sh.Long 9 - N.Keyta 36, M.Salah 80, J.Xenderson 86

"Sautgempton": Gann, Valeri, Bednarek, Bertran, Vestergor (Ostin, 83), Uord-Prouz, Romeu (Armstrong, 83), Redmond, Xeyberg, Yoshida, Long (Sims, 62).

"Liverpul": Alisson, Matip, Robertson, van Deyk, Aleksander-Arnold (Xenderson, 59), Keyta (Lovren, 88), Fabino, Veynaldum (Milner, 59), Mane, Firmino, Salah.

Ogohlantirishlar: Bednarek (48), Bertran (75), Salah (81), Robertson (89), Xenderson (90), Mane (90).

    Boshqa yangiliklar