AsosiySport

O`zbekiston kursanti MMA kamari uchun jang olib boradi

'O`zbekiston kursanti MMA kamari uchun jang olib boradi'ning rasmi

Bugun, 7 aprel kuni kechga Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahridagi “Archa-beshik” sport majmuasida aralash kurashlarning MMA yo`nalishi bo`yicha “Batir bashi”IV etno turnirining Gran-prisiga start beriladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O`zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasining 4-bosqich kursanti, Bekzod Nurmatov ham 84 kg vazn toifasida ringga chiqadi. Kecha, 6 aprel kuni mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etayotgan sportchilarning vaznini o`lchash va yuzlashtirish marosimi o`tkazildi.


84 kg vaznlilar o`rtasida mazkur chempionlik kamari uchun jami 4 nafar sportchi – O`zbekistondan Bekzod Nurmatov va Abdulaziz Utamurodov, Qirg`izistondan Jakip Tuganbaev va Qodir Kurstan ug`li chempionlik kamari uchun ertaga, 8 aprel kuni bahslashadi.

Hamyurtimiz Bekzod Nurmatov qirg`izistonlik raqibi Jakip Tuganbaevga,Abdulaziz Utamurodov esaQodir Kurstan ug`li bilan jang o`tkazish uchun ertaga, 8 aprel kuni oktagonga chiqadi. Bunda to`rt nafar sportchidan faqatgina g`olibgagina chempionlik kamari nasib etadi.


Shu yilning mart oyida Moskva shahrida joylashgan «Lujnikov» Kichik arenasida «A.A. Xarlampiev memoriali» nomi ostida o`tkazilgan sambo bo`yicha Jahon kubogida 82 kg vazn toifasida jang olib borgan Bekzod Nurmatov, finalda rossiyalik raqibi Aslanbek Kodzaevga peshqadamlikni boy bergan holda faxrli 2-o`rinni qo`lga kiritgan edi.



    Boshqa yangiliklar