Ташкент +4° Wed 03:36
Долзарб мавзулар Foto

O`zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi munosabatlari alohida strategik sheriklik maqomiga ko`tarildi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 19.04.2019, 15:25

Samarali muzokaralardan so`ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo`ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoev va Prezident Mun Chje In O`zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o`rtasida alohida strategik sheriklik to`g`risidagi qo`shma deklarasiyani imzoladi.

Hukumat va vazirliklar o`rtasida investisiyalarni rag`batlantirish va o`zaro himoya qilish, tinch maqsadda fazoni tadqiq etish, fan, texnologiya va innovasiyalar sohasida hamkorlik, sog`liqni saqlash sohasida hamkorlik bo`yicha O`zbekiston – Koreya markazini tashkil etishga oid va boshqa hujjatlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari uchun o`tkazilgan brifingda Prezidentlar an`anaviy do`stlik, ochiqlik va o`zaro anglashuv ruhida kechgan muzokaralar natijalaridan mamnunligini alohida ta`kidladi.

– Muloqotlarimiz O`zbekiston bilan Janubiy Koreyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligi xalqlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga to`la mosligini, xalqaro va mintaqaviy muammolar, xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash masalalari bo`yicha pozisiyalarimiz yaqin ekanini namoyish etdi, – dedi Shavkat Mirziyoev. – Bugun imzolangan Alohida strategik sheriklik to`g`risidagi qo`shma deklarasiya davlatlarimiz o`rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga ko`tarilganini ko`rsatadi.

– Dunyoning diqqat markazida bo`lib kelayotgan O`zbekiston Prezidentiga chuqur hurmatimni bildiraman. Shavkat Mirziyoev hamma sohalardagi – siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy hayotga doir islohotlari bilan O`zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichi sari etaklamoqda. Bugun mamlakatlarimiz o`rtasidagi munosabatlarni alohida strategik sheriklik darajasiga ko`tardik. Uni hayotga tatbiq etish mexanizmlari, o`zaro hamkorlikni rivojlantirishning yangi yo`nalishlarini muhokama qilib, istiqbolli kelishuvlarga erishdik, – dedi Mun Chje In.

Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va moliyaviy-texnik sohalarda umumiy qiymati 12 milliard dollardan ziyod qo`shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo`yicha bitimlar imzolangani alohida ta`kidlandi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes