42

O`zbekistonda dollarning rasmiy kursi besh haftalikdan o`sishdan so`ng ilk marta pastladi

Iqtisodiyot 22.04.2019, 14:34
3324
O`zbekistonda dollarning rasmiy kursi besh haftalikdan o`sishdan so`ng ilk marta pastladi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yil 23 apreldan boshlab valyuta operasiyalari bo`yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to`lovlari uchun xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko`ra, 1 AQSh dollari o`tgan haftadagi kursga nisbatan 14 so`m 1 tiyinga arzonlashib, 8441 so`m 36 tiyinga etgan.

Evro kursi esa 61 so`m 42 tiyinga arzonlashib, 9493 so`m 15 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 25 tiyinga qimmatlashib, 131 so`m 78 tiyinga etgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 96 so`m 83 tiyinga arzonlashib, 10 963 so`m, 64 tiyinni tashkil qilmoqda.

Ma`lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog`ida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Eslatib o`tamiz, dollarning rasmiy kursi so`nggi mart oyining dastlabki ikki haftasida arzonlashgan va shundan so`ng ketma-ket besh hafta davomida faqat o`sib kelayotgandi.

Комментарии