Му5
46

O`zbekiston Prezidentining Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti to`g`risida

Siyosat 23.04.2019, 21:28
912
O`zbekiston Prezidentining Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 aprel kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentimiz Qozog`iston rahbarini joriy yil 9 iyun kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan navbatdan tashqari Qozog`iston Respublikasi Prezidenti sayloviga nomzod etib ilgari surilgani bilan qutladi va ushbu muhim siyosiy tadbirning o`tkazilishida muvaffaqiyat tiladi.

Davlat rahbarlari Qozog`iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqaevning joriy yil 14-15 aprel kunlari O`zbekistonga ilk davlat tashrifi natijalarini yuksak baholadilar.

Erishilgan kelishuvlarni hamda sanoat, transport-kommunikasiya va boshqa sohalarda aniq loyihalarni izchil amalga oshirish, shuningdek, ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat va turizm yo`nalishlarida faol hamkorlikni davom ettirish muhimligi alohida qayd etildi.

O`zbekistonda Qozog`iston yilining ishbilarmonlikka oid tadbirlar va madaniy-gumanitar almashinuvlarga boy dasturi qardosh xalqlarimizning yanada yaqin bo`lishiga xizmat qilishi ta`kidlandi.

Qozog`iston Prezidenti tabrik va samimiy tilaklar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Muloqot so`ngida O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlari ko`p qirrali va o`zaro manfaatli hamkorlikni strategik sheriklik, ko`p asrlik do`stlik va yaxshi qo`shnichilik rishtalariga tayangan holda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaati yo`lida yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat`iy ekanini ta`kidladilar.

Шарҳлар