AsosiySport

Jajji gimnastikachilarimiz xalqaro musobaqada g`oliblikni qo`lga kiritishdi

'Jajji gimnastikachilarimiz xalqaro musobaqada g`oliblikni qo`lga kiritishdi'ning rasmi

3-5 may kunlari Turkiyaning Istambul shahrida badiiy gimnastika buyicha “Beylikduzu rhythmic cup” xalkaro turniri o`tkazildi.

Bizning yosh gimnastikachilarimiz uchun bu ilk xalkaro musobaqa bo`lishiga qaramasdan, yurtimiz sha`nini munosib himoya qilishdi. Musobaqada o`zbekistonlik sportchilar 2008-2014 yosh toifasida qatnashishdi. 2013 yilda guruh mashqida qatnashgan eng yosh qizlarimiz o`zining «Jo`jalar» chiqishi bilan barcha tomashabinlarga manzur bo`ldi. Shu yoshdagi Osiyo Tojieva ilk bor xalqa bilan chikishi hakamlar olqishiga sazovor bo`ldi, sababi bu yoshda qizaloqlar uchun anjomli chiqish juda murakkab jarayondir.

Musobaqa natijalariga ko`ra yosh gimnastikachilarimiz 13 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalga ega bo`ldilar.

1. Osiyo Tojieva 1 o`rin kupkurash , 1 o`rin guruh;

2. Asina Yo 1 o`rin kupkurash , 1 o`rin guruh;

3. Mehrimoh Rasulova 1 o`rin kupkurash , 1 o`rin guruh;

4. Sarvinoz Maqsudova 1 o`rin kupkurash , 1 o`rin guruh;

5. Diyora Ulug`bekova 2 o`rin kupkurash , 1 o`rin guruh;

6. Soliha Ismoilova 2 o`rin;

7. Hamzaeva Zumrad 3 o`rin;

8.Robiya Ahmadxo`jaeva 1 o`rin kupkurash , 1 o`rin guruh, xalqali chikish;

9. Visola Miraxmedova 1 o`rin kupkurash , 1 o`rin koptok va 2 o`rin, arqonda chiqish.

G`oliblarimizga O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan ustoz Zarina Abdullaeva va Albina Timergazinalar murabbiylik qiladi.

    Boshqa yangiliklar