Му5
3

​Avtomobil kaliti va pulti aslida nima ekanligi fosh bo`ldi

Jamiyat 15.05.2019, 23:35
2552
​Avtomobil kaliti va pulti aslida nima ekanligi fosh bo`ldi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2013 yil 20 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi xududida lazerli nur tarqatgichlarni ishlatishni tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 50-son qaroriga ko`ra portativ lazerli nur tarqatgichlarni yurtimizga chetdan olib kirish va sotish taqiqlanadi.

Biroq, mazkur me`yoriy hujjat talablari ayrim fuqarolarimiz tomonidan buzilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Gulbahor” chegara bojxona posti orqali yurtimizga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro B.X xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, fuqaroga tegishli buyumlar orasidan 8 dona avtomobil kalitlari va masofadan boshqarish pultlari borligi bojxonachilar e`tiborini tortdi. Bir qarashda haqiqiydek ko`ringan pult va kalitlar aslida lazerli nur tarqatgich ekanligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Шарҳлар