Ташкент +4° Wed 09:36
Долзарб мавзулар Foto

MakSim Toshkentga keladi!

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 17.05.2019, 09:36

Rossiyalik mashhur xonanda MakSim YTHdan keyin ilk konsertini 25 may kuni Toshkentda – “Xalqlar do`stligi” san`at saroyida beradi. Bu haqda qo`shiqchining o`zi MY5 telekanali orqali muxlislariga videomurojaat yo`lladi.

Eslatib o`tamiz, shu yilning aprel oyida MakSim "Abonent nedostupen" qo`shig`iga klip olish uchun safarga otlanayotib, bexos sodir bo`lgan YTH sabab u Moskva shifoxonalaridan biriga yotqizilgandi. Hozirgi paytda MakSimning sog`lig`i ancha tiklangan va u Toshkent safariga hozirlik ko`rmoqda.

"Mening yurtim" telekanaliga alohida minnatdorlik izhor kilarkan, xonanda: “Assalom, quyoshli Toshkent! Biz siz bilan 25 may kuni "Xalqlar do`stligi" saroyida ko`rishamiz! Qalbimiz ardog`idagi sara qo`shiqlarimizni, ajib tuyg`ularimizni mehmondo`st shahar ahliga taqdim etamiz!” deydi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes