Ташкент +4° Tue 18:14
Долзарб мавзулар Foto

Mudofaa vazirligi Toshkentda bolajonlar uchun o`tkaziladigan bayram tomoshalariga taklif etadi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 29.05.2019, 11:33

1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O`zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi istirohat bog`larida“Farzandlarimizga baxtli bolalikni ulashaylik” aksiyasi doirasida ko`ngilochar tadbirlar va bayram tomoshalari namoyish etiladi.

Shu kuni barcha bolajonlar yana bir bor mehr-muhabbat og`ushida bo`ladilar.

Demak, 1 iyun kuni soat 10.00 da Mudofaa vazirligi tomonidan quyidagi istirohat bog`larida bayram tadbirlari namoyish etiladi:

  • Mirzo Ulug`bek tumanidagi “Mirzo Ulug`bek” istirohat bog`i;
  • Shayxontohur tumanidagi “Anxor-Lokomotiv” istirohat bog`i;
  • Chilonzor tumanidagi “G`ofurG`ulom”istirohat bog`i.

Bayram tadbirlari davomida bolajonlar va taniqli sport ustalari o`rtasida turli bellashuv va musobaqalar o`tkaziladi, musiqa, rassomchilik bo`yicha iste`dodlilar aniqlanib, ularga esdalik sovg`alari topshiriladi va albatta, kursantlarning ko`rgazmali chiqishlari namoyish etiladi.

Shuningdek, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi harbiy orkestrlari o`zlarining tantanavor chiqishlari bilan yig`ilganlarga a`lo kayfiyat ulashishi rejalashtirilgan.

Yana bir muhim sovg`a — “Turon” harbiy-teatr studiyasi bolajonlarga mo`ljallangan sahna ko`rinishlari bilan kunning unutilmas tarzda o`tishini ta`minlaydi.

Farzandlaringizni maroqli hordiq chiqarishlari uchun imkoniyatni qo`ldan boy bermang.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA