Vengriya poytaxti Budapeshtdagi Dunay daryosida ikki kemaning to`qnashuvi natijasida bedarak yo`qolgan odamlarni qidirish ishlari davom etmoqda, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Janubiy koreyalik sayyohlarning jasadlarini izlash uchun operasiyaga Koreyadan ham harbiylar kelib qo`shildi. Voqea sodir bo`lgan hududdan 100 km uzoqlikda sayyohlarning birinchi jasadi topilgani xabar qilinmoqda. Mazkur holat yuzasidan qo`lga olingan kema kapitani esa 50 ming evro garov puli evaziga ozod etilishi mumkin.