Kecha, 5 iyun kuni Markaziy harbiy okrugida 2019/2020 o`quv yilining birinchi oyida ilg`or natijalarga erishgan 100 ga yaqin harbiylar hamda sport tadbirlarida faol qatnashgan keksa avlod vakillari rag`batlantirildi.
Dastlab videoselektor tarzida o`tkazilgan yig`ilishda okrug qo`mondonligi, harbiy qism komandirlari, Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi rahbariyati, Mudofaa ishlar bo`limi boshliqlarining may oyi yakuni bo`yicha ma`ruzalari tinglandi.
Shundan so`ng, saf maydonida Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlaridagi harbiy qismlardan kelgan bir guruh harbiy xizmatchilar, shuningdek, nafaqaga chiqqan harbiylar va keksa avlod vakillariga okrug qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Aybek Saidov tomonidan esdalik nishoni, qimmatbaho sovg`a, pul mukofotlari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.
Markaziy harbiy okrug Matbuot xizmati