Ташкент +4° Wed 09:36
Долзарб мавзулар Foto

Ozib oldingizmi? Natijani saqlab qoling!

Бўлимлар: SUG'DIYONA
Теглар:
Добавлено: 08.06.2019, 12:23

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, ozgach, yana qayta semirib ketmaganlar atigi 5 foizni tashkil etadi. Xo`sh, nima uchun qolgan 95 foiz inson yana semiradi va ozish yo`llarini qidirishga majbur bo`ladi?

«Nega yana semiryapman?»

Vaznning qayta oshishi, odatda, avvaldan noto`g`ri ozish oqibati bo`ladi. Ko`pchilik «Bir hafta chidab tursam, keyin bemalol yashayveraman», degan fikrda bo`ladi. Afsuski, organizm sizning bu makringizga chuv tushmaydi. Bemalol ovqatlangach, bo`shab qolgan teri osti yana to`la boshlaydi. Boz ustiga, avvalgidan ham ko`proq semirganingizni sezib qolasiz. Gap shundaki, organizm yog`ni quvvat uchun sarflaydi. U mabodo “ocharchilik” boshlanib, odamga quvvat etishmasa, teri ostida yig`ilgan yog` zaxirasini ishlata boshlaydi. Bilsangiz kerak, organizm hayot uchun kurashishga dasturlangan. Siz parhez qilganingizda, organizm «ocharchilik boshlandi» degan fikrga keladi va zaxira g`amlashni boshlaydi. Buning ustiga kam harakat qilsangiz, zaxira borgan sari ortib boraveradi. Shuningdek, qisqa parhezlarda, mushaklar massasi kamayadi. Yog`lar esa aynan mushakda parchalanadi. Ular kam bo`lgach, parchalanish jarayonlari ham shunga yarasha bo`ladi-da.

Yana bir gap: bordi-yu, fitnes-klublarda bir oy davomida ozgan bo`lsangiz-u natijadan xursand bo`lib, mashg`ulotlarni tashlab qo`ysangiz, yana semira boshlashingiz tabiiy. Negaki, organizm ma`lum bir miqdorda quvvat sarflashga moslashadi. U ko`nikkan quvvatni ketkazmasa, yana yog` yig`ila boshlaydi.

Xulosa shuki: agar siz nafaqat ozish, balki uning natijasini saqlab qolishni maqsad qilgan bo`lsangiz, ilgarigi «bemalol hayot» emas, sog`lom turmush tarzi haqida o`ylang.

Nima eymiz?

Organizmni och qoldirmaslik juda muhim. Ammo bu to`yib ovqatlanish degani emas. Kam-kamdan 5-6 mahal ovqatlanish nazarda tutilyapti.

Shuningdek, suv ichish tartibini ham unutmang: har kuni 1,5-2 l suv yoki oddiy shakarsiz choy ichish kerak. Shunda moddalar almashinuvini izga tushirib, ortiqcha ovqatlanib qo`yishdan saqlanasiz.

Taomnomada barcha turdagi mahsulotlar bo`lishi lozim: boshoqlilar, dukkaklilar, sabzavot va mevalar, sut mahsulotlari, yog` va oqsillar. Bordi-yu, biror mahsulot tanqislik qilsa, organizm etarlicha vitamin va minerallar bilan to`yinmaydi va ochlikni his qiladi. Buning natijasida esa yana ko`proq ovqatlanib qo`yganingizni bilmay qolasiz.

Sayrga chiqamiz!

Ovqatlanishni kamaytirib, ozish mumkin, ammo jismoniy mashqlarsiz natijani ushlab turish mushkul. Eng oddiysi – vaznni qaytarmaslik uchun kuniga taxminan mingta qadam tashlash kerak. To`g`ri ovqatlanish bilan birga! Bunda oddiy uy yumushlarini bajarishdagi harakatlar ish bermaydi. Yarim – bir soat tez harakatlar bilan yurishning foydasi bo`ladi. Masalan, do`konga chiqishda piyoda yurish yaxshi fikr, lekin u kunning ma`lum bir vaqtida, muntazam bajarilishi kerak.

Bunga haftasiga 20–30 daqiqalik fitnesni qo`shsangiz, juda soz bo`ladi. Istalgan mashqni tanlang: oddiy aerobika, raqs, arqonda sakrash, yoga, roliklarda uchish va h.k. Asosiysi, mashg`ulotlar rohat bag`ishlashi kerak.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes