Му5
48

Diqqat, bizda yangi tanlov!

SUG'DIYONA 20.06.2019, 12:43
7245
Diqqat, bizda yangi tanlov!

Ov-sin-lar-u-u-u-u,shuningdek,kelinposhshalar, eshitmadim demanglar! Siz o`zingizni mohir pazanda deb, bilasizmi? Yangi reseptlar asosida taom va pishiriqlar tayyorlashga ustamisiz? Unda marhamat, «Sug‘diyona»ning «Oshxona batl» tanlovida ishtirok eting va nimalarga qodir ekaningizni ko`rsating. Shartlar juda oson:

  • O`zingizning eng zo`r deb, bilgan reseptingizni «Maselko» mahsuloti yordamida tayyorlang.
  • Tayyorlash jarayonini uyali telefon apparati yordamida qadamba-qadam rasmga oling.
  • Reseptga nom bering. Rasmlarni +90 903-60-08 telegram raqamiga «Oshxona batl» tanloviga deb, yuboring.

Yuborilgan reseptlar originalligi, ko`rinishi, kreativ yondashilganiga ko`ra homiy tomonidan baholanadi va «Maselko»ning qimmatbaho sovg`asi bilan taqdirlanadi.

Yuborilgan fotoreseptlar har hafta gazetaning «Yoqimli ishtaha» sahifasida berib boriladi.

Tanlov 27 iyundan 27 iyulgacha davom etadi.

Shoshiling, qimmatbaho sovg`alar sizni kutmoqda!

Шарҳлар