AQSh prezidenti Donald Tramp va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronlar tomonidan ekilgan do`stlik daraxti qurib qoldi, deb xabar berdiLenta.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, hozirda daraxtning o`rniga gazon qoplangan. Mazkur daraxt ikki davlat rahbari tomonidan 2018 yilning aprel oyi oxirida Oq uy yoniga ekilgan edi. Ko`chat Birinchi jahon urushi paytida amerikalik askarlar jang qilgan Fransiya o`rmonidan keltirilgan edi. Daraxt AQSh va Fransiya o`rtasidagi mustahkam munosabatlar ramzini bildirishi ko`zda tutilgandi.