Stokgolm tinchlik muammolarini tadqiq etish xalqaro instituti 2019 yil uchun yadro qurollari sektorini tahlil qilish natijalarini e`lon qildi, Euronews.com.nashri
Hisobotda qurollarning hozirgi holati, qurolsizlanish ko`rsatkichlari va xalqaro xavfsizlik darajasiga baho berilgan. Hisobotda ta`kidlanishicha 2019 yilning yanvar oyi holatiga ko`ra, sayyoramiz yadro arsenali 13865 jangovor yadro kallaklarini tashkil etadi. Bu 2018 yil bilan solishtirganda yadro qurolarinig umumiy hisobda 4 % ga kamayganini anglatadi. Dunyodagi jami yadro qurollarining 90 % AQSh va Rossiya hissasiga to`g`ri keladi. Aynan shu ikki davlat o`rtasida 2010 yilda strategik hujumkor qurollarni cheklash va qisqartirish borasidagi kelishuv imzolangan.
Sayyoramizdagi yadro qurolining qisqarishi ushbu kelishuv doirasida olib borilayotgan ishlar samarasidir. Biroq shunga qaramasdan hozirda yadro quroliga ega barcha davlatlar o`z arsenallarini modernizasiya qilishni davom ettirmoqda. Shungdek, Yadro quroliga ega boshqa davlatlar esa ishlab chiqarishni davom ettirib, qurollarning yangi tizimini jangovar shay holatga keltirmoqda. Hindiston, Xitoy va Pokiston o`z yadro arsenalini ko`paytirishda davom etmoqda. KXDR milliy xavfsizlik strategiyasida harbiy yadro dasturi markaziy o`rinda turadi.