Bojxonachilarimiz tomonidan sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari yurtimizga kirib kelgan poezd yo`lovchilarining yuklarini belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazishdi.
Natijada, fuqarolar A.N. va K.A.lar 53,2 million so`mlik bir tonna og`irlikdagi olma, uzum, mango mevalari hamda 20,2 million so`mlik turli tovar moddiy boyliklarini mamlakatimizga hech qanday tegishli hujjatlarsiz olib kirishga uringanliklari aniqlandi.
Olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati salkam 73,4 million so`mni tashkil etdi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.