AsosiyJamiyat

Maktabga majburiy forma joriy qilinishi 5 yilga kechiktirildi

'Maktabga majburiy forma joriy qilinishi 5 yilga kechiktirildi'ning rasmi

Umumiy o`rta ta`lim maktablarida majburiy formani joriy etish muddati kechiktirildi. Bu haqda Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berib o`tgan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida» 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qaroriga o`zgartirishlar kiritildi.

Qarorning 3-bandidagi va 7-bandining uchinchi xatboshisidagi «2019/2020 o`quv yilidan boshlab» so`zlari «2024/2025 o`quv yilidan boshlab» so`zlari bilan almashtirilgan. Shu tariqa o`rta ta`lim maktablarida majburiy forma 5 yildan so`ng joriy etilishi belgilab olindi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov va xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov zimmasiga yuklatilgan.


    Boshqa yangiliklar