Му5
46

Berkitilgan 3000 litr dizel fosh bo`ldi

Jinoyat 01.07.2019, 18:35
794
Berkitilgan  3000 litr dizel fosh bo`ldi

Kuni kecha “Olot” chegara bojxona posti orqali katta miqdordagi dizel yoqilg`isini yurtimizga olib kirishga bo`lgan urinish o`z vaqtida bartaraf etildi.

Unda qo`shni davlatdan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro boshqaruvida bo`lgan yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Tekshiruv jarayonida esa, mazkur yuk avtomashinasida bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan, umumiy qiymati
16,5 million so`mlik jami, 3000 litr dizel yoqilg`isi yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda yurtimizga qayta sotish maqsadida olib kelingan mazkur dizel yoqilg`isi ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Шарҳлар