Ташкент +4° Sun 03:20
Долзарб мавзулар Foto

JAHON FUTBOLI: Messi o`yindan chetlatildi, Saloh esa musobaqadan chiqib ketdi

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 07.07.2019, 21:46

Kecha tunda qiziqarli futbol uchrashuvlari o`tkazildi. Amerika Kubogida bronza medali egasi ma`lum bo`ldi, Afrika Millatlar Kubogida esa nimchorak o`yinlari o`tkazildi.

E`tiborli jihati, Amerika Kubogida bu yilgi bahslarda argentinaliklar o`zlariga nisbatan adolatsizlik yuz berayotganligini boshidan ta`kidlashib kelishgandi, yakunda esa ular o`z so`zlarida turishdi. To`g`ri, Argentina termasi uchinchi o`rin uchun kechgan bahsda Chili termasi ustidan ishonarli g`alabaga sazovor bo`lishdi, raqiblarini 2:1 hisobida taslim etgan holda musobaqaning bronza medallarini qo`lga kiritishdi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Messining chiroyli pasidan so`ng Serxio Aguero hisobni ochdi. Keyin Paulo Dibala jamoadoshlarining ikkinchi golini kiritdi. Ikkinchi bo`lim boshlarida esa Arturo Vidal penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi va o`yin ushbu natija bilan yakunlandi.

Biroq Messining maydondan chetlatilganligi ular uchun adolatsizlikning yana bir ko`rinishi bo`ldi. O`yinning 37-daqiqasida Lionel Messi va chililiklar yarim himoyachisi Gari Medel o`rtasida kichik to`qnashuv yuz berdi. Bunda to`pga eta olmagan Messi raqibini qo`li aralash elkasi bilan turtib yuborgandi, bunga javoban Medel Messiga ochiqdan ochiq “hujum qildi”. Natijada uchrashuv bosh hakami Mario Alberto Dias de Vivar o`ylanib o`tirmay, har ikkalasiga ham qizil kartochka ko`rsatdi. Bundan norozi ikki jamoa vakillari o`z futbolchisini himoya qilishga harchand urinishmasin, o`yin bir necha daqiqalarga cho`zilsada bosh hakamning qarori qat`iy bo`ldi. Bundan jiddiy ranjigan Leo hatto taqdirlash marosimiga ham chiqishni o`ziga ep ko`rmadi.

Amerika Kubogi-2019. 3-o`rin uchun o`yin:

ARGENTINA – ChILI - 2:1

Gollar: Aguero (12), Dibal (22) – Vidal (59,pen).

Argentina: Armani, Otamendi, Talyafiko, Pesselya, Foyt, Paredes, de Paul, Lo Chelso (Funes Mori, 90), Aguero (Suares, 81), Dibala (Di Mariya, 67), Messi.

Chili: Aryas, Isla, Dias, Xara (Maripan, 50), Bosejur, Vidal, Arangis (Kastilo, 83), Sanches (Fernandes, 17), Pulgar, Vargas, Medel.

Ogohlantirishlar: Bosejur (16), Vidal (26), Pulgar (45), Pesselya (57), Paredes (63), Foyt (79), Talyafiko (90).

Chetlatish: Medel (37), Messi (37).

Kecha shuningdek, Afrika Millatlar Kubogining nimchorak finalidan o`rin olgan ikki o`yin o`tkazildi. Misr hamda JAR o`rtasidagi bahsda mezbonlar kichik hisobda g`alaba qozonishdi va Saloh jamoadoshlarini musobaqani erta tark etishlarini “ta`minlashdi”. Uchrashuvdagi yagona golni 85-daqiqada Tembinkosi Lorch kiritdi. Endi JAR chorak finalda Nigeriya termasiga qarshi bahs olib boradi.

Ikkinchi o`yinda Nigeriya Kamerun termasiga qarshi harakat qildi. Qiziqarli, shu bilan birga murosasiz kechgan bahsda nigeriyaliklar raqiblarini 3:2 hisobida mag`lub etishdi.

Afrika Millatlar Kubogi-2019. Nimchorak final:

MISR – JAR - 0:1

Gol: Lorch (85).

Misr: El-Shenavi, Ashraf, Hegazi, El-Din, Al-Muhammadi, El-Nenni (Soliman, 83), Hamid, El-Said (Uarda, 64), Trezege, Saloh, Muhsin (Ali, 46).

JAR: Uilyams, Tau, Xlasvayo, Xlanti, Ferman (Kekana, 90), Mkxize, Mokojo, Mkxvanazi, Zungu, Lorch (Veldveyk, 90), Motiba.

Ogohlantirishlar: Xlanti (44), Ashraf (68), Zungu (79), Xlasvayo (90).

NIGERIYa – KAMERUN - 3:2

Gollar: Igalo (19, 63), Ivob (66) – Baoken (41), NʼJi (44).

Nigeriya: Akpeyi, Ayna, Trost-Ekong, Avazem, Omeruo, Etebo, Ivobi (Balogun, 90), Ndidi, Saymon (Chukvueze, 60), Igalo (Onuachu, 85), Musa.

Kamerun: Onana, Oyongo, Ngade-Ngajui, Banana, Fe, Kunde (Zua, 87), Manjek (Zambo-Angissa, 62), Shupo-Moting, Bassogog, Baoken, NʼJi (Toko-Ekambi, 70).

Ogohlantirishlar: Kunde (28), Manjek (51), Avazem (70).

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA