Долзарб мавзулар Foto

Toshkentda karate (WKF) bo`yicha XVI Osiyo chempionati o`tkaziladi

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 10.07.2019, 15:57

Poytaxtimiz 14-22 iyul kunlari karate (WKF) bo`yicha XVI Osiyo chempionati va Osiyo karate federasiyasining navbatdagi saylov kongressiga mezbonlik qiladi.

Osiyo karate federasiyasining navbatdagi saylov kongressi joriy yilning 18 iyul kuni poytaxtimizdagi “Intemational Tashkent” mehmonxonasida o`tkaziladi. Shuningdek, 19-21 iyul kunlari “O`zbekiston“ sport majmuasida karate (WKF) bo`yicha XVI Osiyo chempionati bo`lib o`tadi.

Ushbu yirik sport anjumanlarini yuqori saviyada o`tkazishga O`zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo`mitasi, mamlakatimiz karate milliy federasiyasi, Toshkent shahar hokimligi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi va Milliy teleradio kompaniyasi o`z hissalarini qo`shmoqdalar.

19-21 iyul kunlari “O`zbekiston“ sport majmuasida karate (WKF) bo`yicha XVI Osiyo chempionatida 50 ga yaqin davlatdan 500 nafarga yaqin karatechi g`oliblik uchun o`zaro kuch sinashadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA