AsosiyDunyo

Sayyoramizda ochlikdan aziyat chekayotganlar soni ortmoqda

'Sayyoramizda ochlikdan aziyat chekayotganlar soni ortmoqda'ning rasmi

BMT hisobotiga ko`ra o`tgan yili sayyoramizda 820 million kishi ochlikdan aziyat chekkan. Ketma- ket uchinchi yildirki sayyoramizda ocharchilik ko`rsatkichi ortib bormoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2018 yili ochlikdan aziyat chekayotganlar soni 821,6 million kishini tashkil etgan. BMTning “Dunyo oziq-ovqat xavfsizligi va ta`minoti holati bo`yicha" hisobotida aytilishicha, sayyoramizdagi har to`qqizinchi inson ochlikdan aziyat chekmoqda. Ochlikdan aziyat chekayotganlarning aksariyati Osiyoda asosan Janubiy Osiyo davlatlarida istiqomat qiladi.

Shu bilan birga eng xavfli vaziyat Afrikada bo`lib, bu erda ochlikning eng yuqori darajasi saqlanib turibdi. Va bu ko`rsatkich asta-sekinlik bilan biroq barqaror tarzda barcha hududlarda ortib bormoqda. Ocharchilik iqtisodiy o`sish sur`atlari sustlashib borayotgan ko`plab davlatlarda kuchayib borayotganligi qayd etildi. Hisobotda aytilishicha, o`tgan yili sayyoramizda qisman yoki kuchli oziq- ovqat etishmovchiligini boshidan kechirgan odamlar soni 2 mlrd.ga borib etgan.

    Boshqa yangiliklar