Му5
46

Poyafzalga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh qilindi

Jinoyat 19.07.2019, 10:04
879
Poyafzalga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh qilindi

Bojxonachilar tomonidan zargarlik buyumlarini yashirincha olib o`tilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan “Navoiy” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqarolar M.Z., T.S., U.E., A.A.larga tegishli bo`lgan yuk sumkalari xolislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada, yuklar ichida og`zaki so`rovda takdim etilmagan umumiy qiymati 16,4 million so`mlik 205,1 grammbo`lgan oq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga bo`lgan urinish aniqlandi.

Shuningdek, “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro M.A. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, ushbu shaxs oyog`idagi oq rangli krossovkasi ichiga 277 gramm oq rangli metalldan yasalgan, umumiy qiymati 8,3 million so`mlik 37 turdagi zargarlik buyumlarini yashirgan holda olib kirmoqchi bo`lganligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Шарҳлар