Долзарб мавзулар Foto

Kongoda Ebola virusi bilan bog`liq vaziyat tufayli favqulodda holat e`lon qilindi (Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video
Добавлено: 19.07.2019, 10:31

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Kongo demokratik respublikasidagi Ebola virusi bilan bog`liq vaziyatni xalqaro miqyosdagi favqulotda holat, deya e`tirof etdi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Tashkilot xalqaro hamjamiyatni ushbu xavfli kasallika qarshi kurashish uchun qo`shimcha mablag` ajratishga chaqirmoqda. Mintaqada ushbu virusning keng miqyosda tarqalib ketish xavfi hozirda juda yuqori bo`lib turibdi. So`nggi marotaba virus bilan kasallanish holatining Uganda bilan chegaradosh Goma shahrida aniqlanishi mutaxassislarni qattiq tashvishlantirmoqda.

Ikki milliondan ortiq aholi istiqomat qiluvchi ushbu shahar mintaqadagi asosiy tranzit nuqtalaridan biridir. Hozirda epidemiyaning geografik qamrovi 500 kmga borib etgani aytilmoqda. O`tgan yil iyulidan buyon ikki yarim mingga yaqin kishi ushbu xavfli virus bilan kasallangan ularning 1600 dan ortig`i esa vafot etgan.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA