Долзарб мавзулар Foto

Qoraqalpog`iston xalq rassomlari askarlarga mahorat darsini o`tdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 19.07.2019, 16:23

Kecha, 18 iyul kuni Nukus garnizonidagi harbiy qismlardan birida O`zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog`iston bo`limi bilan hamkorlikda O`zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosiga bag`ishlangan ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi.

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog`iston bo`limi raisi Ulbosin Utegenova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi, Qoraqalpog`iston xalq rassomi Jenis Lepesov, Qoraqalpog`iston xalq rassomi, akademik Sarsenbay Baybosinov ishtirokidagi tadbirda muddatli harbiy xizmatchilar nafaqat rassomlar ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo`lishdi, balkiharbiy qismda qoraqalpoq rassomlari tomonidan tashkillashtirilgan ko`chma ko`rgazma asarlaridan bahramand bo`lishdi. Shuningdek, madaniyat sohasida ko`p yillardan buyon mehnati singgan Shinargul Paxretdinovaning “Ko`nglimda borim” nomli she`riy to`plam taqdimoti tadbirning mazmunli o`tishini ta`minladi.

San`atsevar askarlar tomonidan jonli tarzda mehmonlarga ijro etilgan qo`shiqlar tadbirga o`zgacha kayfiyat bag`ishladi.

Tadbir so`ngida qoraqalpoqning taniqli xalq rassomlari tomonidan mahorat darsi bo`lib o`tdi. Mazmunli va taassurotlarga boy o`tgan ijodiy uchrashuv xususida harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari podpolkovnik Oybek Mamadaliev shunday deydi:

– Askarlarni san`atga va kitobxonlikka qiziqishlarini oshirish maqsadida bu kabi tadbirlarni muntazam o`tkazib kelmoqdamiz. Bu galgi tadbirimiz noan`anaviy tarzda bo`lib o`tdi. Askarlar rassom ijodini o`rganish bilan bir qatorda, rasm chizish sirlarini ham oz bo`lsa-dao`rganib olishdi. Harbiy qismimizda askarlar uchun tasviriy san`at to`garagini tashkil etishni rejalashtiryapmiz. Bir yillik harbiy xizmatdan so`ng armiyada o`rgangan bilimlari, kun kelib asqotishi mumkin.

Shimoli g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA