AsosiyJamiyat

Harbiy okruglarda ilk bor yiliga 700 nafarga yaqin harbiy chavandozlar tayyorlanadi

'Harbiy okruglarda ilk bor yiliga 700 nafarga yaqin harbiy chavandozlar tayyorlanadi'ning rasmi

Mudofaa vazirligi tarkibidagi harbiy okruglarda mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnik-mutaxassisliklar bo`yicha tayyorlash markazlarida yiliga 700 nafarga yaqin harbiy chavandozlar tayyorlanadi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur o`quv markazlari faoliyati Prezidentning 2018 yil 12 dekabr kunidagi PQ-4061 sonli qaroriga muvofiq, Mudofaa vazirligi tarkibida tashkil etildi.

Shuningdek, Mudofaaga ko`maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotidagi ayrim mutaxassisliklar ya`ni aloqa, oshpaz, haydovchi yo`nalishlarida o`qitish 2019 yilning yanvar oyidan vazirlik zimmasiga yuklatildi.

Hozirgi vaqtda Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax viloyati mudofaa ishlar boshqarmasi huzurida 100 nafar harbiy chavandozlar bilan mashg`ulotlar tashkil etilgan.

Ushbu dargohda mudofaa vazirligi hamda markaziy harbiy okrug qo`mondonligi tomonidan moddiy-texnik bazasini takomillashtirish va tayyorlovdagi mutaxassisliklarni son va sifat darajasini yaxshilash bo`yicha chora-tadbirlar ko`rilmoqda.

Jumladan, markaz rahbari – harbiy lavozimi ochildi. Shu bilan birga, respublika miqyosida “Eng yaxshi markaz” tanlovi o`tkazilmoqda. Ayni damda Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlaridagi o`quv markaz faoliyatiQurolli Kuchlar bosh shtabiga qarashli Tashkiliy safarbarlik bosh boshqarmasi ofiserlari tomonidan tekshirilyapti.

Respublika bo`yicha 14 ta o`quv markazi faoliyati yo`lga qo`yilgan bo`lib, yoshlar 6 oylik o`quv kurslarida o`qitiladi. Ushbu markazga chaqiruvchilar tibbiy ko`rik va imtihon asosida va chaqiruv yoshida bo`lgan (18-23 yosh) fuqarolar qabul qilinadi. Haftasiga 5 kunlik o`quv soati, harbiy kiyim-bosh, yotoqxona bilan ta`minlanib, mazkur tayyorlov kurslaridan o`tganlar imtiyoz asosida bir yillik harbiy xizmatga (chaqiruv komissiyasini qarori asosida) yuboriladi.

Ma`lumot uchun, mazkur o`quv markazlari barcha viloyatlarda, harbiy chavandozlik mutaxassisligi esa Andijon, Namangan, Farg`ona, Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida mavjud. Ushbu ta`lim maskanlarida tahsil olgan chaqiriluvchilar kelgusida Mudofaa vazirligi, DXX chegara qo`shinlari hamda Milliy gvardiya qo`mondonligi tarkibida harbiy xizmatni o`tash ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar