AsosiyDunyo

Portugaliyada qasddan o`t qo`yish oqibatida odamlar jarohatlandi

'Portugaliyada qasddan o`t qo`yish oqibatida odamlar jarohatlandi'ning rasmi

Portugaliyada qasddan o`t qo`yish oqibatida 3000 gektar o`rmon yonib ketdi, 20 ortiq inson esa jarohatlandi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Alanga shanba kuni kechqurun mamlakat shimoli-sharqida boshlanib, tez orada katta hududni qamrab oldi. Yong`inni bartaraf etish ishlariga mingdan ortiq o`t o`chiruvchilar, 240 ta maxsus texnika va 13 ta samolyot jalb etilgan. Esayotgan kuchli shamol yong`inni butunlay bartaraf etishga xalaqit qilmoqda.

Bir nechta qishloqlar aholisi va daryo bo`yi sohillarida dam olayotgan sayyohlar evakuasiya qilingani aytilmoqda. 20 nafardan ortiq kishi turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga olib kelingan. Polisiya yirik o`rmon yong`inining kelib chiqishida gumon qilingan shaxsni qo`lga olgani xabar qilindi. Ayni damda ikkita yong`in o`chog`ini nazorat ostiga olishga muvafaq bo`lingan.

    Boshqa yangiliklar