Germaniya rasmiy Vashington va Pekinni keskinlikni kamaytirish maqsadida muzokaralar stoliga o`tirishga da`vat etmoqda. Bu haqda Euronews.com. nashri xabar berdi.
Ikki davlat o`rtasida vujudga kelgan savdo urushida tomonlarni murosaga kelishga chaqirmoqda. Hozirda ko`plab davlatlar ushbu savdo urushining oqibatlaridan qattiq tashvishda ekanligini bildirishmoqda. Germaniya moliya vaziri Olaf Shols ushbu mojaroning yanada avj olishi dunyo iqtisodiyotiga faqatgina zarar etkazishini ta`kidlab, tomonlarni hotirjamlikka va muammolarni muzokaralar yo`li orqali hal etishga chaqirdi. Tomonlar o`rtasidagi ushbu mojaro Germaniyaga ham katta ziyon etkazishi mumkin.
Zero, aksariyat Xitoy korxonalari nemis uskunalaridan foydalanadi. Kunchiqar mamlakatda ishlab chiqarish hajmining pasayishi nemis mashinalariga bo`lgan talabning tushib ketishiga olib kelishi mumkin. Donald Trampning joriy yilning 1 sentyabridan e`tiboran Xitoy mahsulotlariga 10 foizlik bojlarni joriy etish to`g`risidagi qarori esa vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda. O`tgan yilning dekabr oyida boshlangan Vashington va Pekin o`rtasidagi savdo muzokaralari hozircha natija bermayapti.