Долзарб мавзулар Foto

Markaziy harbiy okrugda yosh tankchilar bilan tungi va kunduzgi otish mashg`uloti o`tkazildi (Video)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Video
Добавлено: 16.08.2019, 16:15

Kecha, 15 avgust kuni Markaziy harbiy okrug harbiy qismlarida xizmat qilayotgan yosh tankchilar bilan O`zbekistondagi birinchi raqamli «Kattaqo`rg`on» poligonida kunduzgi va tungi nishonlarga o`q otish mashg`uloti o`tkazilib, jangovar texnikalarda taktik harakatlar amalga oshirildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.

Kunduzgi va tungi nishonlarga o`q otish mashg`ulotida joriy yilda muddatli harbiy xizmatni tugatib, shartnoma bo`yicha xizmatga qolgan yosh tankchilar T-72 jangovar tankiga o`rnatilgan stvol hamda 14,5 mmli pulemyotidan mashq bajarishdi.

Shuningdek, yosh harbiylar o`quv yig`ini davomida dala maydonida jangovar texnikani mohirona boshqarish, otish, texnik xizmat ko`rsatish va boshqa harbiy fanlar bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lishmoqda.

Ma`lumot o`rnida, 2X35 markali kichik kalibrli o`q otar quroli T-72 jangovar tankidagi asosiy 125 mmli to`p ichiga o`rnatilib, o`q-dori kam sarflab, samarali otishni o`rgatishdan iborat. Ushbu bosqichdan so`ng asosiy to`pdan amaliy otish mashqlari o`tkaziladi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA