Му5
8

Shimoliy Koreeya ikkita noma`lum raketa uchirdi (Video)

Dunyo 17.08.2019, 20:56
Теглар: Video
914
Shimoliy Koreeya ikkita noma`lum raketa uchirdi (Video)

Rasmiy Pxenyan Seul bilan Koreya yarim orolini tinchlik yo`li bilan birlashtirish masalasida boshqa muzokaralar o`tkazmasligini bildirdi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Janubiy Koreyaning AQSh bilan hamkorlikda o`tkazgan harbiy o`quv mashg`ulotlari sabab ana shunday qarorga kelingan. Shimoliy Koreya hukumatining bayonotida aytilishicha, ikki davlatning harbiy o`quv mashg`ulotlari urushga tayyorgarlik ko`rishni mashq qilishmoqda. Aynan shu sabab rasmiy Pxenyan muzokaralar stoliga boshqa qaytib o`tirmasligini ma`lum qildi. Bundan avval esa Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 2045 yilga qadar ikki Koreyani birlashtirishga va`da bergan edi.

Ushbu voqealar jarayonida Shimoliy Koreya tomoni Yapon dengizi tomon ikkita noma`lum raketa uchirdi. Bu so`nggi uch hafta davomidagi oltinchi ana shunday holatdir. Janubiy Koreya va AQSh harbiylarining fikricha, bu yaqin masofaga uchuvchi ballistik raketalar bo`lgan. Xabarlarga ko`ra, snaryadlar 30 km balandlikka qadar ko`tarilib, 230 km masofani bosib o`tgan. Rasmiy Tokio ma`lumotlariga ko`ra, noma`lum raketalar Yaponiyaga tegishli erkin iqtisodiy zona hududiga qadar etib kelmagan.


Шарҳлар

60 yoshli onaxonlar Counter-Strike xalqaro musobaqasida qatnashmoqda (Video)

22.02.2020, 12:06

"Counter-Strike" kompyuter o`yinini yoshlarga taqiqlagan qariyalarni o`zlari shu o`yinni o`ynashmoqda. Ukrainada o`rtacha 60 yoshli nafaqaxo`rlardan jamoa tuzilib, ularni "Counter-Strike" o`yinini o`rgatishda mashqlar o`tkazilmoqda."Ageless Shooters" (Qarimaydigan...
Samarqandda bir lagan osh uchun boshlangan tortishuv pichoqbozlikka aylandi (Video)

21.02.2020, 16:44

Samarqandda to`y azaga aylanishiga bir bahya qoldi. Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan 35 yoshli fuqaro to`yga borib, u erda bir lagan osh uchun tanishi bilan janjallashib qoladi....
Yangiyo`lda mikroavtobus yonib ketdi (Video)

21.02.2020, 14:43

Joriy yilning 19 fevral kuni soat 03:00 larda Yangiyo`l shahar, Samarqand ko`chasida joylashgan avtoshohbekatda haydovchi F.M. o`ziga tegishli bo`lgan “Istana” rusumli mikroavtobusda yo`lovchilarsiz o`z navbatini...
Foydalanilmayotgan tomorqalar qaytarib olinadimi? (Video)

19.02.2020, 15:31

O`zbekiston fermer, dehqon va tomorqa egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi aholi daromadini oshirishga xizmat qiluvchi masalalar yuzasidan matbuot...