Долзарб мавзулар Foto

Gibraltar hukumati AQSh so`roviga qaramasdan Eron tankerini ozod etdi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 19.08.2019, 17:38

Eronning Grace 1 tankeri Gibraltar suvlarini tark etdi. Bu haqda Ntdtv.ru telekanali xabar berdi.

Panama bayrog`i ostida suzayotgan ushbu tanker iyul oyi boshida Britaniya dengiz kuchlari tomonidan qo`lga olingan edi. Kema Evropa Ittifoqining Eronga nisbatan sanksiyalarini buzgan holatda Suriyaga neft hom ashyosi olib ketayotganlikda gumon qilinib to`xtatilgan edi. Mazkur holat xalqaro miqyosda keskin vaziyatni yuzaga keltirdi. Bunga javoban Eron Ormuz bo`g`ozida Britaniyaning Stena Impero tankeri va uning ekipajini qo`lga oldi. Kema ekipaji bir qator qoidalarni buzganlikda ayblandi.

Eron rasmiylari o`z kemalari Suriyaga yuk etkazib bermayotganini isbotlagach, Gibraltar hukumati tankerni qo`yib yuborishga qaror qildi va ekipaj a`zolarini ozod etdi. AQSh sudi esa kemani hibsga olish uchun order berdi, shuningdek, Amerikaning Eronga qarshi sanksiyalari buzilganligi tufayli ikki million barrel neft shuningdek, salkam million dollar mablag`ni musodara qilish bo`yicha qaror chiqardi. Biroq Gibraltar hukumati AQSh talabini rad etib, kemani ozod etdi. Biroq Panama hukumati tankerni o`z bayrog`i ostida harakatlanishini ta`qiqladi. Shundan so`ng kema nomi o`zgartirilib, Eron bayrog`i ostida yana dengizga chiqdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA